Get Mystery Box with random crypto!

NAFS VA INSON! ● Nafs: - 'Mana senga kerak bo‘lsa taxt'. ○ In | 🌼_DREAM_✨

NAFS VA INSON!

● Nafs: - "Mana senga kerak bo‘lsa taxt".
○ Inson: - "Yo‘q kerakmas. Islomim bor! Men uchun bu baxt".

● Nafs: - "Balki yoqar oysuluv qizlar?".
○ Inson: - "Yo‘q yorim bor, baxtlimiz bizlar".

● Nafs: - "Balki senga kerakdir boylik?".
○ Inson: - "Qanoatla xolim chiroylik".

● Nafs: - "Undan ko‘ra sen o‘ynab kulgin...".
○ Inson: - "Qiyomat bor sen xayo qilgin".

● Nafs: - "Bu dunyo besh kunlik bilgin".
○ Inson: - "Xaqni aytding. Sen taqvo qilgin".

● Nafs: - "Balki senga yoqar kayf safo?".
○ Inson: - "Halolga xo‘p, qolgani jafo".

● Nafs: - "Sharoblar bor. Mast bo‘lib ko‘rgin!".
○ Inson: - "Uni qo‘y. Iymon lazzatin tuygin".

● Nafs: - "Ko‘zingni och dunyo makrdir...".
○ Inson: - "Makrlarga to‘siq zikrdir".

● Nafs: - "Axmoqsan seni hayoting g‘urbat".
○ Inson: - "Yo‘q umidim abadiy Jannat".

● Nafs: - "Men nafsingman yengildim senga".
○ Inson: - "Kel Haq yo‘lda yordam ber menga".

● Nafs: - "Roziman ho‘p. Iymon shartlarin bildir".
○ Inson: - "Maxluq borki Robbiga quldir".

● Nafs: - "Qullik qanday bo‘ladi aytgin?".
○ Inson: - "Amriga yur. Nahiydan qaytgin!".

● Nafs: - "Gunohlarim kecharmi Qahhor?!".
○ Inson: - "U mehribon rahmli Gʻaffor!"

BU OY NAFSNI YeNGADIGAN OY
Ramazon oyida ko‘proq ibodat qilib, nafsimizni tarbiya qilaylik! Bu kunlar g‘animat.

@EnglishwithMaxmudov