Get Mystery Box with random crypto!

Kirish oson, o'qish qiyin! — Barchamiz bilamiz O'zbekistonda | Shukhratov | Blog

Kirish oson, o'qish qiyin!

— Barchamiz bilamiz O'zbekistonda universitetga kirish juda qiyin o'qishga qabul qilinish uchun 2 yillab imtixonga tayyorlanamiz ammo o'qishga kirib olgandan keyin esa o'qimasangiz ham bo'laveradi. Amerikada bo'lsa buni teskarisi; kirish oson o'qish qiyin. To'g'ri, bitta IELTS yoki SAT bilan o'qishga qabul qilinishingiz mumkin lekin o'qish O'zbekistonga qaraganda sezilarli darajada qiyin.

— O'zi aslida shunday bo'lgani yaxshi. Mayli hamma o'qishga hujjat topshirganlar kirsin lekin hamma ham bitira olmasin. Universitetda 'filtr' kuchli bo'lishi kerak deb o'ylayman, o'qimagan yoki o'zini ustida ishlamagan studentlarni universitetdan chiqarib yuborilsa, universitetni o'zini bilimi bilan bitirib, zo'r kadr bo'lib yetishib chiqqan yoshlar sababli universitetni reytingi ko'tariladi va kelajakda bularni barchasi o'quvchini o'ziga qanchalik foyda keltirganini bitirib biror bir lavozimga o'tirgandan keyin biladi. Asosiysi kirish emas - bitirish!

Кирилл алифбосида ўқиш

@Shukhratovs