Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgina Rashod Nuri Guntekin qalamiga mansub 'Tamg'a' asarin | Shuxratjon | harakat qilmoqda

Hozirgina Rashod Nuri Guntekin qalamiga mansub "Tamg'a" asarini o'qib tugatdim. Taassurotlar talaygina.

Asar o'quvchi o'qishi uchun ancha sodda tilda va hayotiy ma'nolarda yozilgan. Asardan ko'zlangan mazmunni oddiy so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi, o'qish kerak.

Ta'bir joiz bo'lsa, qabul qilib olgan tushunchalarimni shu gaplar bilan bayon etmoqchiman: "avvalo, sevgi – bu ishonch. Va, yana, shu ishq sabab nelarga yo'liqishdan qo'rqmaymiz. Hatto, firibgarlik, jinoyatchilikdan ham.
O'ylashimcha, men ham Iffat bey o'rnida bo'lganimda sevgilim Vedya xonim yomon otliq bo'lmasligi uchun o'g'irlikka qo'l urgan bo'larmidim.
Lekin, bu bir tomondan ahmoqlik ekanligi hayolimga ham kelmaydi. Qamoqdan chiqaman. Ota-onam vafot etgan. Borar joyim yo'q. Hatto, kunlab och-nahor yuraman.
Necha yil deganda, o'zimni tiklayman. Otamdan qolgan uyni sud orqali qaytaraman.

Uzoq yillar oldin men bilan sevishgan Vedya bilan oila quraman dedim. U esa meni sevmasligini aytib, rad etadi.

Hech nima o'zgarmadi. Peshonamda "o'g'ri" degan tamg'a qolib ketdi. Orzularim puchga chiqdi.
"

@shuhratjon_zokirov