Get Mystery Box with random crypto!

Futbol bo'yicha U23 olimpiya terma jamoamiz Osiyo Kubogida fin | Shuxratjon | harakat qilmoqda

Futbol bo'yicha U23 olimpiya terma jamoamiz Osiyo Kubogida finalga chiqqanidan xabaringiz bor.
Ertaga Bunyodkor(Milliy) stadionida final. Ammo bitta ham bilet yo'q

Hamma bilet sotilmasdan "sotilib ketgan". O'z tilimizda aytsak, "qo'lga chiqib ketgan".

Bahosi 25,000 so'mdan boshlanuvchi bilet narxi OLX.uz saytida 250,000 so'mdan sotilyapdi. Old qatorlar esa 300$ dan.

Kecha kassaga borgan muxlislar bilet topa olmay norozilik qilishgan. iTicket.uz'da esa umuman bilet yo'q, hammasi qorni kattalar qo'lida.

P.S. Sharmanda, uyalmaysizlarmi.
Guruh bosqichida majburlab talabalarni tiqdilaring. Endi shu umidli futbolchilarimiz finalga chiqqanda soqqani qilmoqchimisizlar. Mayli, kassadan olamiz, pulga biletga mingdan-ming rozimiz.
Ammo shu yetmagandek yana "qo'lma-qo'l" qilib, biz muxlislarni xor qilyapsanlarku. Bizku mayli, "paxta qo'yaveramiz". Lekin, butun Osiyo e'tibor berib turibdiku, ustingdan kulayapdiku "eshshak"lar.


Ko'ngilni cho'ktirmaymiz, televizordan ko'rib, Allohdan madad so'raymiz. Agar arablar yutkazsa sochimni kalga oldirib tashlayman . Erkak bitta gapiradi, lavzi halol bo'ladi

@shuhratjon_zokirov