Get Mystery Box with random crypto!

Botir Qodirov otalikni belgilash yuzasidan sudga da’vo arizasi | Shou-biznes yangiliklari

Botir Qodirov otalikni belgilash yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritdi

Botir Qodirovning da’vo arizasi sudga 2024 yilning 19 mart kuni kelib tushgan.

23 aprel kungi sud majlisida da’vogar vakilining ko‘rsatmasi eshitilib, guvohlarni ishga jalb etish va qo‘shimcha dalillarni (fotosuratlar, dalolatnoma yozuvi va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini) talab qilib olish uchun ishni ko‘rish 2-mayga qoldirilgan.
Da’vo arizaga Adliya vazirligi huzuridagi Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mutaxassisining 2023 yil 29 sentabridagi fikri ilova qilingan. Ilovada Halimjon Nurmatov va Qodirov Botir Sheraliyevichning amaki-jiyan ekani bo‘yicha fikr berilgan.
Yangiyo‘l tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 2008 yil 26 fevral kuni familiyasini “Jo‘rayev”dan “Qodirov”ga, otasining ismini “Sherali o‘g‘li”dan “Sheraliyevich”ga o‘zgartirgani haqidagi ilovalar sudga taqdim etilgan.

@shoubizyangiliklari