Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon Hayiti 13-may kuniga belgilandi. Oʻzbekistonliklar 4 k | Shou-biznes yangiliklari

Ramazon Hayiti 13-may kuniga belgilandi. Oʻzbekistonliklar 4 kun dam oladi.

Shavkat Mirziyoyev bugun, 10-may kuni “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-5110-sonli qarorga imzo chekdi.

Qarorga koʻra, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2021-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13-may — payshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatimizda 2021-yil 13-may Ramazon Hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi.

Shuningdek, Prezidentning 10-maydagi PF-6222-sonli Farmoni asosida 2021-yil 14-may (juma) hamda 15-may (shanba) kunlari qoʻshimcha dam olish kuni deb eʼlon qilindi.

Bundan kelib chiqib, oʻzbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladigan boʻlishdi:

13-may, payshanba — Ramazon Hayitining birinchi kuni (ishlanmaydigan bayram kuni);

14-may, juma — qoʻshimcha dam olish kuni (barcha uchun);

15-may, shanba — qoʻshimcha dam olish kuni (barcha uchun);

16-may, yakshanba — umumiy dam olish kuni.

@shoubizyangiliklari