Get Mystery Box with random crypto!

Prokuratura Dili.me nima sababdan qamoqqa olinganiga izoh berd | SHOU BIZNES YANGILIKLARI

Prokuratura Dili.me nima sababdan qamoqqa olinganiga izoh berdi

23-yanvar kuni Dili.me nomi bilan tanilgan vayner Oʻ.D. sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan fuqaro P.A.ni urib tan jaroxati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan buyin tovlab kelgan.

Shu sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida Oʻ.D. 10-mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.

Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

@shoubiznesyangilikla