Get Mystery Box with random crypto!

Suvtushar radiosidan gapiramiz

Telegram kanalining logotibi shoniyozov_blogi — Suvtushar radiosidan gapiramiz S
Telegram kanalining logotibi shoniyozov_blogi — Suvtushar radiosidan gapiramiz
Kanal manzili: @shoniyozov_blogi
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-04-14 02:23:11
33 views23:23
Ochish/sharhlash
2023-04-13 21:58:00
#mulohaza
Hayotda oddiy narsaladan ham kishi zavq olishi, maza qilishi mumkin. Faqat har kim o’zi uchun aynan nimalar yoqishini aniqlab olishi lozim. Miyaga har doim ham yuqori dofamin beraversak hayotdagi kichik ko’ringan lahzalar qadrini yo’qotib qo’yamiz.
P.s. Masalan men grafinni qopqog’ini ochib stakanga oddiy gazsiz suv quyib ichsam ham shunaqangi maza qilamankiChuqur tasavvur olamiga kirishimga kichik unsur bo’la oladi shu jarayon.

@Shoniyozov_blogi
33 viewsedited  18:58
Ochish/sharhlash
2023-04-13 15:02:27 #savol
Sizningcha Allohdan afv so’rash bilan mag’firat so’rashni farqi nimada?
@Shoniyozov_blogi
32 viewsedited  12:02
Ochish/sharhlash
2023-04-13 13:53:29 ​​Оталар ҳақида

Отангни ҳеч қачон ота бўлмагунингча тўлиқ тушунмайсан. Оилани устуни, унинг ҳамма кам кўстини бўйнига олган, елкасида катта масъулияти бор инсон. Болалигингда сени тепага отиб ушлаб олганида дунёдаги энг кучли инсон деб ўйлайсан, боғчада болалар билан мени дадам сени дадангдан кучли деб тортишасан...

Оталарда фарзандга нисбатан оналарчалик меҳр кучли бўлмайди деб ҳисоблансада, аслида оталар бошқача яхши кўришади бизни. Сен чурвақа бўлиб дадангни ёнида юрасан, уни гапиришлари, ўзини тутишларини копия қила бошлайсан...

Ойинг бирор нарсада тергаганида энг кучли аргумент бу «дадам рухсат берди» бўлади. Даданг сени тушунади, сен ўқиётган ҳаёт китобини ўқиб тугатган. Бирорта ҳазил билан дадангни кулдира олсанг сен дунёдаги энг бахтли одамсан...

Бирорта ҳаракатинг ёки номақбулликларинг оила сессиясида даданг раислигида кўрила бошладими, демак сен нимадир ўта жиддий хатога қўл ургансан. Аниқ ўзгаришинг керак.

Дадангни онанг каби кўп қучоқламайсан, лекин бир қучоқлаб бағрингга босганингда умуман бошқача меҳр ҳис қиласан. Энг қийин нарсалардан бири бу дадангнинг соқолига оқ тушганини кўриш, бунда даданг ҳам қариши мумкинлиги, дунёдаги энг кучли одам ҳам бир куни чарчаши мумкинлигини ҳис қиласан...

Оналар дардларини айтиб йиғлаб олсалар, оталар ичга ютишади. Фарзандлар отасининг қийинчилик сабабли йиғлаганини ҳеч қачон кўрмайдилар. Отанинг кўз ёши бу фарзанддаги духни синдириб ташлайдиган энг қайғули нарса бўлса керак. Оталаримизни кўз ёшини ҳеч қачон кўрмайлик...

Каналга уланиш @nurbekalimov
29 views10:53
Ochish/sharhlash
2023-04-13 04:14:37
#portfolio_uchun
Maksim Gorkiy.
13.04.2023. 06:10
iphone 11 pro max.
Havo salqin, 14 gradus selsiy. Kayfiyat yaxshi, judayam.
@Shoniyozov_blogi
38 views01:14
Ochish/sharhlash
2023-04-13 03:31:09
#Unga
Tilni juda chuqur o’rgan, mabodo sohang boshqa bo’lsa ham. Agar yo’nalishing til bo’lsa (o’zbek, rus, ingliz farqi yo’q) nur ustiga nur. Adabiyotni sev. Jahon adabiyoti, o’zbek adabiyoti, diniy va dunyoviy deb ajratma. Eng yaxshi asarlar bor, hech bo’lmaganda shularni o’qi…
Hali senga atalgan ko’p gaplarim bor.

@Shoniyozov_blogi
38 viewsedited  00:31
Ochish/sharhlash
2023-04-13 02:40:06 ​​Oldinroq teatr misolida juda mashhur iqtisodchining tadqiqotlari haqida gapirmoqchi edim. Uilyam Baumol - 2017 yili 95 yoshida vafot etdi, u Nobel mukofoti olishi kerak boʻlgan iqtisodchilar qatoriga kirgan edi, lekin afsuski nasib boʻlmadi. Baumol “narx kasalligi“ (cost disease) deb ataladigan modelni (fikrni) oʻrtaga surgan. Shu model bu maoshlardagi farqni yaxshi tushuntira oladi va shu gʻoya hozirgi dunyo iqtisodiyotini tushunish uchun oʻta muhim deb oʻylayman.

1960-yillarda Baumol sanʼat iqtisodini oʻrganishda hayratlanarli bir kuzatuvni tushuntirishga harakat qiladi: musiqachilar ilgaridan samaraliroq ishlamayaptilar - string kvarteti bir asarni ijro etish uchun 1965 yilda va 1865-yil bir xil vaqt sarf qiladi. Ammo, 1965-yildagi musiqachilar 1865-yilda musiqachilarga qaraganda ancha koʻproq pul topishadi.

Ravshanki, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligi oshgani boshqa tarmoqlardagi ish haqi darajasini oshirib keladi, agar 1960-yillarda, bir sanʼat muassasasi musiqachilarga 1860-yillardagi maoshni toʻlasa, sanʼatkorlar boshqa ish topish uchun ketib qolishardi. Shunday qilib, eng yaxshi musiqachilarni jalb qilish va saqlash uchun sanʼat muassasalari maoshlarini oshirishlari kerak boʻladi.

Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektoridagi samaradorlikning oʻsishi, muqarrar ravishda jonli musiqa ijrosi kabi koʻp mehnat resurslari talab etadigan xizmatlar narxini oshiradi. Ishlab chiqarish samaradorligi zavodlarga narxlarni pasaytirish va bir vaqtning oʻzida ish haqini oshirish imkonini beradi. Biroq, ish haqi koʻtarilganda, sanʼat muassasalari xarajatlarini qoplash uchun chipta narxini koʻtarishlariga toʻgʻri keladi, chunki sanʼatkorlar maoshi sanʼat muassasalarining asosiy xarajatidir.

Baumol bu kuzatuv sanʼatdan tashqari juda koʻp hayot jabhalariga toʻgʻri kelishini koʻrsatib berdi. Yaʼni tezkor texnologik taraqqiyot tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar masalan, avtomobillar, smartfonlar, futbolkalar, banan va shu kabi narsalarning - narxi tushishib boradi va shu tariqa, koʻp mehnat resurslar talab aytiladigan xizmatlar masalan, maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash, sartaroshlik, jismoniy tarbiya trenerligi, yuridik xizmatlar va hokazoning narxi oshib borishini kutishimiz kerak. Statisik maʼnoda hozirgi dunyo aynan shunday, quyidagi grafik buni yaqqol koʻrsatib turibdi.

Sogʻliqni saqlash va taʼlim narxlari qimmatroq boʻlib, kiyim-kechak, mashinalar, mebellar, oʻyinchoqlar va boshqa ishlab chiqarilgan mahsulotlarning narxi umumiy inflyatsiya darajasiga nisbatan pasayib kelyapti. Kompyuter va maishiy texnika esa undan-da tez arzonlashib boryapti. Baumol buni yarim asr oldin bashorat qilgan edi.

Shunday qilib, Baumolning modeli bizga bugungi iqtisodiyotni emas, balki iqtisodiyotning kelajakdagi yoʻlni ham tushunishga yordam beradi. U iqtisodning oʻsishi sababli mehnat talab qiladigan xizmatlar qimmatroq boʻlishini tushuntirib beradi. Albatta, xizmatlar jahon iqtisodiyotining kelajkda asosiy ulushini tashkil qilishi muqarrar. Katta, ilmli va mehnatkash aholiga ega boʻlgan mamlakatlar davri kelganiga oʻxshaydi.
33 views23:40
Ochish/sharhlash
2023-04-12 18:41:21 Qayta-qayta tinglab to’ymaydi odam. Shuning uchun audio variantini ham yuklab qo’ydim.

@Shoniyozov_blogi
33 viewsedited  15:41
Ochish/sharhlash
2023-04-12 15:43:18 Men postlarini ulashayotgan hamma kanallarni ham tavsiya qilmayman. Ba’zilarini ichida keraksiz ma’lumotlari juda ko’p bo’lishi ham mumkin. Shunchaki ulardan ma’lumot olganligim sababligina muallifini ham ko’rsatib o’taman xolos. Ulanishingiz manfaatli bo’ladigan kanallani esa alohida tavsiya qilaman.
33 viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2023-04-12 15:38:07 Qo‘rqoqmisan?

1. Insonlarni nimadirga erishishida qo‘rquv tuyg‘usi muhim ekanligini tushindim.

2. Yoshligida misol ishlamagani uchun, ustozining mushtini yeyishidan qo‘rqqan bola, hozir Amerikada o‘qishda yuribdi.

3. Imtihondan yiqilib, o‘qishga kirolmasligidan qo‘rqayotgan bola, kechasi ikki-uchgacha darsini qilyapti.

4. Oilasini och qolishidan qo‘rqayotgan, otasi tashlab ketgan o‘n ikki yoshli bola, kuniga 14 soat sovuqda ishlayapti.

5. Farzandini kasalidan qo‘rqayotgan ona, meros qolgan sirg‘asini bozorda sotyapti.

6. Xudoni qahridan qo‘rqayotgan tadbirkor, biznesiga bir gramm ham yolg‘on, ribo aralashtirmayapti.

7. Har ko‘rganingda havasingni keltiradigan insonlar, oldin yoki hozir nimadandir qattiq qo‘rqqan bo‘ladilar.

8. Motivatsiya qidirib o‘tirma. Qo‘rquv qidir. Sani uxlatmaydigan, bekorchilikka soatlaringni sarflatmaydigan qo‘rquv.


#Jek
@Islom_Shermatov
31 views12:38
Ochish/sharhlash