Get Mystery Box with random crypto!

Shunchaki tavsiyalar: 1. O'zingizga yuqori baho bermang. 2. | Suvtushar radiosidan gapiramiz

Shunchaki tavsiyalar:

1. O'zingizga yuqori baho bermang.

2. O'zingizga yuqori baho bering.

3. O'zingizga yuqori baho berishingizni hechkimga bildirmang.

4. O'zingizga past baho bermang.

5. O'zingizga past baho bering.

6. O'zingizga past baho berishingizni o'zingizga bildirmang.

7. Kamtarlik eng yaxshisi.

8. Kutishdan foyda yo'q. Vaqt ketyapti. O'sha ishni baribir qilasiz.

9. Hech qachon 100% tayyor bo'lmaysiz. Tayyor bo'lganingizni esa hech qachon anglab yetmaysiz. Shuning uchun tayyor emasman demang.

10. Har doim o'rganishingiz kerak bo'lgan narsalar bo'ladi. Kurs uchun, vazifalar uchun deadline qo'ying. Bilimlar uchun emas.

11. Isbotlashga majbur emassiz.

12. 5 yillik 10 yillik haqida og'iz ko'pirtirib gapirishni bas qiling hammani oldida. Ertaga nima bo'lishini bilmaysiz. Qarorlaringiz har soniyada o'zgarishi mumkin. 10 daqiqadan keyin zombie apocalypse boshlanishi mumkin masalan yerda.

13. Odamlarni ishonchidan ko'ra o'zingizniki muhim. Lekin o'zingiznikidan ko'ra ularniki og'ir. Yelkangizga yuk qilib oldingizmi, ko'tarib yurishga chidash kerak.

14. Eslab qolishni eng yaxshi usuli - birovga o'rgatish. Yangi o'rgangan narsangiz esingizda yaxshiroq qolishi uchun kimgadir o'rgating. Qizg'onchiqlik qilmasdan.

15. Kimdir siz bildirgan kommentga javob yozmasa biling, u yozmagan emas, "yozolmagan".

16. Postni share qiling)

17. Ertachi yotib uxlashniyam mashq qilib ko'ring yoqib qoladi.

@yupiterlik