Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza Muslim bo'ldik arabdan ortiq, O'ris bo'ldik rusdan z | Suvtushar radiosidan gapiramiz

#mulohaza
Muslim bo'ldik arabdan ortiq,
O'ris bo'ldik rusdan ziyoda ,
Birni topsak yorug' dunyoda
O'n karrani qilganmiz tortiq.

Ichdik ,chekdik, Sho'ro yurtida
O'zdik barcha og'alardan ham.
Yuzsizlikda oshmasak bo'ldi
Ovrupalik tog'alardan ham.
Erkin Vohidov

P.s. Me’yorni yo’qotish - eng katta muammomiz ekan, o’ylab qarasam. Yaxshi narsalani niyat qilamiz, maksimal qilishga, aslidagidanda ziyoda qilishga harakat qilamiz. Natijaga erishsak-ku mayli, lekin erisha olmay kechib ketganlarimiz qancha?! Kechib ketishimizdan qo’rqib boshlay olmaganlarimizchi?!
Fikr yuritilishi kerak bo’lgan masala mana qayoqda ekan…
(Har doim ham золотая середина ni topa olmasmiz. Lekin me’yorni qidirgan odam topadi).

@Shoniyozov_blogi