Get Mystery Box with random crypto!

#tanaffusda_õylaganlarim G'arblik da'vatchi ayollarda ajoyib | Suvtushar radiosidan gapiramiz

#tanaffusda_õylaganlarim

G'arblik da'vatchi ayollarda ajoyib shiddat ko'raman. Ochiq, samimiy va hadiksiramay gapirishadi. Suhbatlari orasida hazil ham qilishadi.
Ularda bor o'ktamlik turk ustozalarda ham qaysidir darajada bor.
Qo'polliksiz ammo kesib gapirish, o'z fikrlarini ochiq ifoda qila olish juda bezaydi shularni.

Shaxsiy chegaralar, rivojlanish odam va odam (muomalat) odam va Iloh (ibodat) munosabatlari haqida ham zo'r suhbatlar bo'ladi.

Til bilish mana shuning uchun ham kerak.

Til bilish = ma'lumot qabul qilish va yetkazish doirasining kengayishi;

Ingliz tilini bilmaslik = internetdan foydalanyapman deb o'ylash, aslida foyda olmaslik;

Wikipedia'da yuklangan ma'lumotlar 56/100% ingliz tili hissasiga to'g'ri keladi.
6% esa, turk tiliga.

Qizlar, til o'rganish kerak. Hech yo'q o'rgangan darajangizni tutib turishga harakat qiling.

Ostyozuvli (subtitle) ko'rsatuvlar ko'ring, ko'proq ovoz chiqarib o'qing, u tildan o'zbekchaga, o'zbekchadan u tilga tarjima qilib yuring.
Doimo o'z ustingizda ishlang.

Savodli ona = savodli bola;
Savodli o'qituvchi = savodli o'quvchi;
Savodli ayollar = savodli jamiyat;


@RobiyaNajmiddinova