Get Mystery Box with random crypto!

Sen nimada kuchlisan? 1. Yelkasi kenglar — suzishda, bo’yi b | Suvtushar radiosidan gapiramiz

Sen nimada kuchlisan?

1. Yelkasi kenglar — suzishda, bo’yi balandlar bo’lsa — basketbolda, suyagi yo’g’onlar — atletikada chempion bo’lishadi. Boshqacha emas.

2. Kasb tanlashda ham sport kabi yondashib, Alloh bergan talantdan foydalansang, osonroq pul topasan, kattaroq natijalarga erishasan.

3. Kattaroq natijalar = ishga bo’lgan muhabbat. Ishga bo’lgan muhabbat yanada kattaroq natijalarga olib boradi.

4. Muammo shundaki odamlar o’zining kuchli tarafini ko’ra olmaydi. Xotirasi kuchli odam qolganlarning xotirasini past deb o’ylaydi, o’zinikini kuchli deb emas.

5. O’z kuchli tarafini topishning 2 dona yo’li bor: 1) Taniganlardan so’rash 2) Boshqalardagi kuchli tarafni ko’rish.

6. Inson o’zida yo’q hislatni boshqalarda ko’ra olmas ekan (Joanna Barsh). Bir odam haqidagi ta’rifni so’ra, javobni eshit: Sahiy, analitik, hazilkash, kamtar, o’ziga qarata oladigan.

7. Javoblar har xil. Chunki hamma o’zidan kelib chiqib ta’rif beryapti.

8. Kuchli tomoning(talanting)ni topmoqchimisan? Boshqalarning kuchli tomonini qidir. Ham o’zingni yaxshiroq tanib borasan, ham hamma kamchilik qidirib yurgan dunyoda ajralib turasan.

P.S.

Soddaroq misol: 100$ ehson qiladigan odam 10$ ehson qiladigan uchun — sahiy, Umuman ehson qilmaydigan odam uchun esa — ahmoq.

@azizrakhimov_blog