Get Mystery Box with random crypto!

#challange #2kun #drabll Yoshlikda olingan bilim… Ko’chad | Suvtushar radiosidan gapiramiz

#challange
#2kun
#drabll

Yoshlikda olingan bilim…

Ko’chada ketib borayotgan besh yoshli bola onasiga dedi: “Borgim kelyapti”.
Ona: “Yo’l chetiga, tez, kutib turaman”.
—Uyalaman, aya-a…
—Yashshamagur, kechagidek ishton yuvishga vaqtim yo’q, bo’-o’l…
Bola yig’lab chetga ketdi. Ona telefon kamerasini yoqdi:
—Ha, malades, hali katta odam bo’ladi, mani bolam, hamma hurmat qiladi bolamni, shu shaharni oberaman sanga, xo’pmi? O’g’il bola ham uyalaman deydimi, bo’laqol!
Odamlar “tovba”-, deb o’tib ketishaverdi.
Oradan yillar o’tdi. Bola ulg’ayib onasi aytgandek katta bo’ldi. Katta odam bo’lib shaharga saylandi. Hozir hamma uni rosa hojatbaror rahbar deb bilishadi. Tovoqdoshlari uni istaganini istagan yerida qila olishini aytib maqtashadi: “Otanggizga balli, katta!” U esa qo’shi qo’yadi: “Hoji ayamni ham xizmatlari ko’p, xe-xe-xe…”


Cho’g
@Drabllar dan olinyapti, egasidan alloh rozi bo’lsin.

@odam_jonining_dorixonasi