Get Mystery Box with random crypto!

'TVdagi saviyasiz ko'rsatuv va seriallar, tiktok va instagramd | Suvtushar radiosidan gapiramiz

"TVdagi saviyasiz ko'rsatuv va seriallar, tiktok va instagramdagi trash kontent va vaynlardan tashqari yana qanday foydali tanlovlar bor?"

O'zbek tilidan boshqa tilni bilmaydigan insonlarga rahmim keladi, ular biz yashab turgan real, zamonaviy dunyoda yashamayotgandek go'yo. Internet rivojlanmasdan oldin asosiy kontent qabul qilish manbasi televideniye edi va haligacha bu viloyatda yashovchi, yoshi katta odamlar uchun aktual. O'zbekiston ko'p yillar davomida internet dushmani bo'ldi, oqibatda biz, odiiy xalq propaganda qurboni bo'ldik.
Faqatgina o'zbek tilini biladigan inson uchun TVdagi saviyasiz ko'rsatuv va seriallar, tiktok va instagramdagi trash kontent va vaynlardan tashqari yana qanday foydali tanlovlar bor? Bu savol ketidan yana bir savol paydo bo'ladi, o'zi nega aholini asosiy qismi internetda tepadagi kabi saviyasiz kontent qabul qiladi? Javob oddiy, biz shunchaki oldin televizorda tomosha qilgan kontent turini internetda tomosha qilishni davom ettiryapmiz. Misol uchun, o'zbek youtube'ida "sariq matbuot", "yulduzlar bilan intervyu", "yumoristik" turdagi videolar millionlab tomoshalar soniga ega bo'lyapti.
Ohirgi yillarda o'zbek tilida ham foydali, qiziqarli, duyoqarashni rivojlantiruvchi kanallar ko'paya boshladi. Tanishlarimdan so'raganimda asosan "Subyektiv", "Osmondagi bolalar" kabi kanallarni aytishdi, lekin bunday kanallar biz o'ylaganimizdan ko'proq ekan.

"O'zbek tilidagi foydali va dunyoqarashni rivojlantiruvchi YouTube kanallar" - https://telegra.ph/top-uzyoutube-channels-09-14

Siz tufayli bir insonni hayoti tasavvur qilib bo'lmas darajada o'zgarib ketishi mumkin. Foydali va dunyoqarashni rivojlantiruvchi kontentni targ'ib qilishda o'z hissangizni qo'shing, ushbu ro'yxatni auditoriyangiz va do'stlaringiz bilan ulashing.

@bm_blog