Get Mystery Box with random crypto!

#Esdalik_uchun Dekabr. Qor uchqunlab yog'yapti. Havo salqin, l | Suvtushar radiosidan gapiramiz

#Esdalik_uchun
Dekabr. Qor uchqunlab yog'yapti. Havo salqin, lekin qor yog'ayotganligi sababli juda sovuq emas. Toshkent teleminorasi ostida ko'l bor. U yerda g'ozlar, o'rdaklar suzib yuribdi. Bir ona-bola esa ularni tomosha qilishyapti. Onasi qiziga chiroyli g'oz va o'rdaklar nar, boshqalari esa modasi ekanligini tushuntiryapti. Qizi esa ularga ism qo'yib chiqyapti. Bir chiroyli o'rdak u tomonga qarab ko'l qirg'og'i bo'ylab yurib kelyapti. Qizcha bundan juda xursand, zavqlanib ketyapti. (ha aytgancha, ular rus tilida suhbat olib borishyapti)...
Qish. Toshkent.
16:22. 04.12.2022.
3-kursligimdan bir xotira.

@Shoniyozov_blogi