Get Mystery Box with random crypto!

Ota-onalarimiz farzandlariga moddiy bino qurishni oʻrgatishdi, | Suvtushar radiosidan gapiramiz

Ota-onalarimiz farzandlariga moddiy bino qurishni oʻrgatishdi, lekin inson binosini qurishni oʻrgatishmadi. Farzandlarga toʻygacha uyni ta’mirlash kerakligi uqtirildi, biroq koʻngilni ta’mirlash oʻrgatilmadi, bolaga pul qilish oʻrgatildi, ammo yaxshilik qilish oʻrgatilmadi, farzandga begonalardan shubha qilish oʻrgatildi, lekin begonalar uchun ishonchli boʻlish oʻrgatilmadi. Natijada, bu farzand katta boʻlib uy qururshni oʻrgandiyu, oila qurushni eplolmadi, bu bola ulgʻayib soqqa qilishni oʻrgandiyu, ezgulik qilishni ish bilmadi, qiz bolani xoʻrlashni sharaf deb bildi, lekin keksayganda ona deb muqaddaslashtirdi, odamlarni aldashni uddaburonlik deb, ishonchli boʻlishni nodonlik bildi. Munofiqlikni vaziyatdan chiqish deb bildi, toʻgʻrilikni qusur hisobladi, boshqalarni yolgʻonchi dedi, lek oʻzi ishonchli boʻlmadi.

@umarhalil

@Shoniyozov_blogi