Get Mystery Box with random crypto!

KOREYS XALQ MAQOLLARI • Kaltakning birinchisi yaxshi tegadi.  | Suvtushar radiosidan gapiramiz

KOREYS XALQ MAQOLLARI

• Kaltakning birinchisi yaxshi tegadi. 
• Ishongan bolta oyoqni chopar. 
• Igna boradigan joyga ip ham boradi. 
• Boshingga loyiq qalpoq kiy. 
• Duming uzun bo'lsa, tutilasan. 
• Odam bir marta o'ladi.
• Go'zal chehra ortida xunuk qalb borligini bilib bo'lmaydi.
• Yaxshi erning xotini ham yaxshi bo'ladi.
• Go'dak va ahmoq rostgo'y bo'ladi.
• Mehnat baxtning onasidir.
• Inson yeyish uchun yashamasligi kerak. Balki yashash uchun yeyishi lozim.
• Xudo erta uyg'onadigan odamga yordam beradi.
• Pul bilan baxt yasab bo'lmaydi.
• Tabiat eng buyuk tabibdir.
• Do'sti yo'q odam - baxtsiz odamdir.
• Ahmoqlikni davolaydigan dori yo'q.
• So'z pichoqdan o'tkir.

@drabllar