Get Mystery Box with random crypto!

'Krug' Ba'zan atrofimdagilarga, yaqinlarim, do'stlarim, og'ayn | Suvtushar radiosidan gapiramiz

"Krug"
Ba'zan atrofimdagilarga, yaqinlarim, do'stlarim, og'aynilarimga e'tibor beraman. Ular shug'ullanayotgan sohalar, qilayotgan darslari, qo'shimcha izlanishlar - hamma-hammasi aytib bersa ertakdek go'yo. AI, 3Ds max, NUKE, Traiding, oliy matematika, diniy bilimlar o'rganish, badiiy asarlar o'qish, SMM, Copywriter, java, C++, Android, oliy fizika, design, Adobe photoshop, yadro fizikasi, Python, tanqidiy fikrlash, data science, ingliz tili, rus tili, nemis tili... Bular men hozir ularni eslaganimda ko'z oldimga keladigan ayrim yo'nalishlardir. Atrofingizga boqing, menimcha siz ham xuddi mendek "sherlar" orasida bo'lsangiz kerak. Shunda sizdan bitta iltimos, ular bilan bir tezlikda harakatda bo'ling. Ular hozir ruhiy tomonlama juda yordamga muhtoj, men bunga aminman. Ruhiy dalda bo'ling, maslahat bering, motivatsiya bering. Tushkun holatda bo'lsa qo'ldan kelgancha ko'maklashing. Ishoning, sizga 2 hissa qilib qaytarishadi (sinalgan usul). Shu tahlit harakatlanamiz, natija Allohdan...
P.s. Bizdan oldinroq universitetlarda o'qib ketgan akalarimizning aytishiga qaraganda 3-kurs kursdoshlar orasidagi eng sinovli payt bo'larkan. Men va mening yaqinlarimning ko'pchiligi hozir aynan shu bosqichda ta'lim olayapmiz. Agar postni o'qiyotganlar orasida shu kurslar bo'lsa bir birimizga iloji boricha to'g'ri muomalada bo'lishimizni so'rab qolgan bo'lardim.

@Shoniyozov_blogi