2023-04-11 20:19:02
Men hudbinman, Istaklarim ham,
Menikilar menga bo’lishsin!
Meni demas menikimaslar,
Mendan nari o’ynab kulishsin.
Men hudbinman, Men sevgan inson,
Mensiz nafas ololmay qolsin.
Yo’qligimdan qulasa osmon,
Borligimdan quvonchga to’lsin.
Nigohiga sig’masin o’zga,
Ko’nglim menga bersin bus-butun.
Shiringina jonidan kechsin,
Bittagina qarashim uchun.
Hudbinmana? Bilaman, ammo,
Chorasizman, hayron turipman.
Shundayligim tufayli balki,
Qarang, hamon yolg’iz yuripman.
20 views17:19