Get Mystery Box with random crypto!

​​Najot Ta'lim markazi grant e'lon qiladi! Najot Ta'lim marka | SHOMANAY JASLARÍ

​​Najot Ta'lim markazi grant e'lon qiladi!

Najot Ta'lim
markazi va Yoshlar ishlari agentligi zamonaviy kasblarga qiziqishi bor yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida, Social media marketing yo'nalishi bo'yicha grant e'lon qiladi.

Unga ko'ra, yurtimizdagi har bir viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun ikki nafardan, jami 28 nafar yigit-qizlar uchun grant ajratilmoqda. Tanlab olingan talabgorlar SMM sohasini 3 oy davomida real loyihalar bilan birga bepul o'rganadilar.

Loyihada ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar, 18-26 yosh oralig'idagi barcha qatnashish imkoniyatiga ega.

Saralashning birinchi bosqichida soʻrovnoma toʻldiriladi, keyin esa talabgorlar suhbatdan o'tkaziladi. (uzoq masofadagilar bilan suhbat onlayn tarzda tashkil etiladi) Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻta olgan ishtirokchilari SMM Pro kursiga qabul qilinadi. Darslar oflayn formatda Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Siz ham bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Bu loyihada taʼlim olishga loyiq ekanligingizni isbotlang va kelajak sohasi tomon qadam tashlang!

SMM
grantida ishtirok etish uchun quyidagi so'rovnomani to'ldirishingiz so'raladi

Ariza to'ldirish uchun havola: https://bit.ly/2HGvWsU

Eslatma: grant uchun ro'yxatdan o'tish 10-noyabr sanasigacha davom etadi.

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

Bizning tarmoqlar