Get Mystery Box with random crypto!

16-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat kom | YO'L - YO'LAKAY

16-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi tomonidan “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilingan.

Yigʻilishda imom-xatibning eʼtirozlarga sabab boʻlgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga toʻgʻri kelmasligiga aytilgan.

Sh.Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab boʻlgan chiqishlarida xatoga yoʻl qoʻyganini tan olib, uzr soʻragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligini bildirgan.

@SHOKXABARUZ