Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda rivojlanmayotgan sohalar ko‘p. Korrupsiya aralas | Shokhrukh's diary

O‘zbekistonda rivojlanmayotgan sohalar ko‘p.
Korrupsiya aralashgan sohalar ham bor afsuski.
Haligacha kosmosga raketa uchirmagan xalqmiz.
Starbucks kafelari robot, sun'iy intelekt ishlatayotgan bir paytda ishchi kuchi eksport qilyapmiz.
Ayrimlari haligacha bizni eski Sovet tizimi tarkibida deb o‘ylasharkan hattoki.
Bu yerdagi yangi do‘stimga "-O'zbekiston haqida eshitganmisan?"- desam, "-qachon mustaqil bo‘ldingizlar, yaqindami?"- deydi.

Nega Amerikaga viza olish qiyin? Nega olganda ham faqat 1yilga beradi? Chunki qachondir qaysidir bir vatandoshimiz qo'shma shtatlar hududida noqonuniy ish qilgan. Nimaga ko'plab Yevropaliklar O'zbekiston haqida eshitishmagan? Chunki biz avlodlarimizdan qolgan meros bilan 15 asrdan beri maqtanib kelamiz. Chunki zamonaviy dunyoga xalqimiz o‘zining mahsuloti, xizmati bilan keng tanilmagan.

Agar siz shunday qoloq sohani ko'rsangiz, uni rivojlantiradigan odam bo'ling.
Befarq bo‘lmang. O‘qiyotgan sohangizni ustasi bo‘ling.
Qilgan ishingizni hech kim takrorlay olmaydigan darajada professionallik bilan yondashing.

Jamiyatni uyg'otish uyg'onganlarning ishidir.
Ummatga zarracha foydasi tegishini, yurtining rivojlanishini istagan odam buning uddasidan chiqa oladi. Buning uchun hozirdan siz, men, 5 yildan beri Green karta o‘ynayotgan qo‘shnining bolasi mashaqqat qilmasak, keyin kech bo‘ladi.

@Duschanovs