Get Mystery Box with random crypto!

Bu 'El-yurt umidi' jamg'armasining joriy yilning 3-stipendiya | Shokhrukh's diary

Bu "El-yurt umidi" jamg'armasining joriy yilning 3-stipendiya tanlovi uchun yo'nalishlar kesimida ajratilgan kvotalar.

E'tiboringizni bakalavriat ta'lim dasturiga ajratilgan o'rinlarga qaratishingizni so'rardim. 27/34 o'rin xotin-qizlarga ajratilgan, qolgan 7tasi umumiy. Mayli, bu ularga yaratib berilgan imkoniyat deylik, lekin 27 bu deyarli 80% degani.

Bu yerda siz kutgan "Gender tengligi" mavzusi emas. Ayollarga yon bosib bu tenglikka erishib bo'lmasligi; Gender tengligi - bu, avvalambor, huquq va imkoniyatlarning tengligi ekanligini muhokama etmoqchi emasmas.

Qizlarga alohida kvota bakalavr ta'lim dasturida kamroq bo'lishi kerak deb o'ylayman. Chunki bilamiz, bizning yurtda ko'pchilik qizlarning ota-onalari ularni chet elga yuborishmaydi. Nomzodlar kamligi sababli qizlar o'rtasidagi raqobat deyarli bo'lmaydi. Bu tanlov sifatiga negativ ta'sir ko'rsatadi.

Xotin-qizlarga alohida ajratilgan o'rinlar magistraturaga kelib keskin kamaygan(10/95), doktoranturada esa umuman yo'q. Demak, tanlovda g'olib bo'lib stipendiat bo'lish ehtimolliligiga ko'ra, xotin-qizlarda bakalavr ta'lim dasturi bo'yicha imkoniyat juda katta, magistratura va doktoranturada esa imkoniyatlar teng. Nimaga? Qaytaga endi bu ta'lim dasturlariga ko'proq xotin-qizlar qaratilishi kerak emasmi? Ahir pedagogika va meditsina sohalarida asosan ayollar faoliyat yuritadiku. Faqatgina bakalavr diplomi bilan ta'lim va sog'liqni saqlash tizimlarida uncha o'zgarish qilib bo'lmaydi...

@Shokhrukhs_diary