Get Mystery Box with random crypto!

Shohrux Mirzayev

Telegram kanalining logotibi shohrukh_blog — Shohrux Mirzayev S
Telegram kanalining logotibi shohrukh_blog — Shohrux Mirzayev
Kanal manzili: @shohrukh_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 632
Kanalning ta’rifi

Eng katta boylik — bu bilim. Eng dahshatli qashshoqlik — bu nodonlikdir.
Самое большое богатство — это ум. Страшнейшая нищета — это невежество.
Creator: @shmirzayev_uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-19 18:28:39 Kel bugun shunсhaki suhbatlashamiz

Kim bilan? Nima haqida?

Sen bilan. O’zing haqingda.

Vaqtim yo’q. Ishim ko’p.

Qiziq. Har doim shu ahvol. Iltimos, savol beraman shunсhaki bir oz vaqt ajrat.

Ok, beraqol.

Qayerdan kelding? Qayerga ketyapsan? Nima uchun kelding? Nimani xohlayapsan? Nimani xohlashing kerak edi? Mohiyati nima? Angladingmi? Nimadan qoсhib, shunсhalik shoshilyapsan? Nimani kutayapsan? Nimaga kutayapsan?
225 views15:28
Ochish/sharhlash
2023-01-14 08:03:50 Muvaffaqiyatning 5 yo'li

Ey nafsim:

Muvaffaqiyatga erishtiruvchi barchaga birdek mos keladigan yo'lning o'zi yo'q.

Ammo, menimcha quyidagi 5 qadam ishni ancha yengillashtiradi.

1. Tavba

Barcha qilgan gunohlaring uchun tavba qil. Qaytib qilmaslikka ahd qil va istig'for ayt.

2. Niyat

Muvaffaqiyatga erishishing uchun Alloh roziligini maqsad qil. Hoyu havasga aldanib, riyo qilib qo'yma.

3. Gunoh

Kelajakda qanday gunoh qilish arafasida bo'lsang, ulardan maksimum tiyil. Qilib qo'ysang istig'for ayt. Savoblarni ko'paytir.

4. Sabab

Senga bog'liq har qanday sababni qil. Natijanigina Allohga topshir.

5. Duo

Natija hayrli bo'lishi uchun duoda qoyim bo'l, ojizligingni his qil-da, ko'proq so'ra. Iloji bo'lsa ota-ona duosini ol.

Ey nafsim:

Bularning bari senga maslahat. O'zing amal qil. Qolganlar o'rnak oladi.

@shohrukh_blog
219 views05:03
Ochish/sharhlash
2023-01-11 17:32:34 Bu postni o'qish, yomon nafs uchun "прикол" ko'rishdan xavfliroq.

Nima uchun YouTube'da Justin Bieber videolari millionlab "view" yig'adi-yu, qanday qilib tanqidiy fikrlash haqidagi videolar nechadur "K" ko'riladi?

Nima uchun konsert zallari millionlab odamlarga to'lib ketadi-yu, ilmiy mavzularni tinglovchilar soni yuzdan oshmaydi?

Nima uchun siz Instagramda "прикол" larni erinmay soatlab ko'rib chiqasizu, bir dona diniy ma'ruzani eshitsangiz boshingiz og'rib qoladi.

Chunki siz oddiy fikrlashni yaxshi ko'rasiz. Hech qachon murakkablashishni xohlamaysiz. Ilmiy mavzularni yoki diniy ma'ruzlarni eshitish, ongningiz ishlashi, ya'ni miyaningiz fikrlashiga va energiya sarfiga olib keladi.

Siz esa buni xohlamaysiz. Kulguli video yoki qo'shiq eshitish miyaningiz fikrlashiga sabab bo'lmaydi. Aksincha, miya fikrlamay "linear" o'ylay boshlaydi. Bu o'z-o'zidan energiya sarfini kamaytiradi va qarabsizki, Nafs maza qiladi.

Endi o'ylang! Tanqidiy fikrlashni o'rganish long term'da sizni milliarder qilib yuborishi hech gap emas. Lekin, Justin Bieber qo'shig'i sizga nima bera oladi?
Javobini o'zingiz ham bilmasangiz kerak.

Shuni tushungan holingizda ham short term'da fikrlashni davom ettirsangiz, ahvolingiz chatoq.

Postni o'qib sarflagan energiyangizga rozi bo'ling)

@shohrukh_blog
323 views14:32
Ochish/sharhlash
2023-01-06 21:24:12 Boshi qiyin...

Poyezd harakatlanishni boshlayotgan vaqtida eng ko'p quvvatni sarflaydi. Harakatning qolgan qismida esa o'z inertsiyasi bo'yicha ketaveradi.

Yangi odatlar bilan xulqlanish, yangi fan/soha/yo'nalish bo'yicha bilim olishda ham xuddi shunday. Boshi qiyin bo'ladi. Lekin ana shu qiyinchilik ishning davomini nihoyatda osonlashtiradi. Qanday qilib?

Misol uchun siz Qur'on va Hadisdan yolg'onning ofatlari haqida yaxshi bilib oldingiz va hayotingizga tadbiq qildingiz. Endi siz istalgan diniy kitobning "Yolg'on" haqidagi qismlarini shunchaki ko'z tashlab o'tib ketasiz. Agar avvalgi bilimni to'ldiradigan ma'lumot chiqsa, eslab qolasiz qolganini o'tkazib yuborasiz. Natijada 100 betni 10-15 daqiqada o'qiysiz. Yoki "Yolg'on Ofatlari" degan kitobni yarim soatga qolmay bitirasiz.

Buyuk allomalarimiz ham shunday bo'lishgan. 7-8 yoshida Qur'oni Karimni yod olishgan. Natijada, bir yilda yuzdan ortiq kitoblarni o'qib tugatishgan.

Shuning uchun ham boshlang'ich bilimni olishda bor kuchimizni sarflashimiz kerak. Yaxshi kitobni topib uni to'liq o'rganishimiz kerak. Kerak bo'lsa bir yil sarf qilib undagi ma'lumotlarni chuqur o'rgansak va yodlasak, tamom! Tahsilning davomi xuddi tog'dan pastga tushishga o'xshab qoladi. Sal yugursangiz, o'zingizni o'zingiz to'xtata olmay qolasiz, uchasiz, dumalaysiz )

P/s:
Tushunarli bo'lishi uchun Qur'on va Hadisni misol keltirdim. Bu narsa hamma sohaga to'g'ri keladi: Kimyo, Fizika, Tarix, Geografiya, Biologiya...

Hozir o'tirib o'z sohangiz misolida tahlil qiling. Tepdimi? )

Agar fikrlarimga qarshi bo'lsangiz, commentga marhamat. Tanqid insonni rivojlantiradi. Tuningiz hayrli o'tsin!

@shohrukh_blog
438 views18:24
Ochish/sharhlash
2023-01-03 19:23:36 Avvallari yaxshi kitob topish qiyin ish edi. Shukrlar bo'lsin hozir kitob do'koniga borsangiz, hamma pulni ishlatib, kamiga "Mana bu kitobni ololmadim..." degan armon bilan qaytasiz.

Lekin, endi yangi muammo paydo bo'ldi. Kitoblar ko'p, hammasini o'qishga esa vaqt yetmaydi.

Shu uchun bunday qiling:
1. Kitobning 50 sahifasini o'qing
2. Agar 50 sahifa ichida o'ziga "tortib" olmagan bo'lsa, yangi kitobni boshlang. Buni o'qimang!
3. Agar ishonch komil bo'lmasa, 100 sonidan yoshingizni ayiring (masalan: 100 - 30 = 70) va yana shuncha bet o'qing. (yana 70 bet)
4. Kitob yoqmagan bo'lsa yangisini boshlang.

P/s:
Yoqmaydigan kitob vaqtni, asabni va kitobga bo'lgan mehrni yo'qotadi.

@shohrukh_blog
406 views16:23
Ochish/sharhlash
2022-12-30 21:54:12 Hozirda yer yuzida 8 032 517 461 ta odam bor, va siz katta ehtimol bilan men yozgan sonni игнор qildingiz. Bu hozirgi kun uchun tabiiy holat!

Internet, sotsial tarmoqlar natijasida qisqa hajmdagi ma'lumotlarga o'rganib qolganmiz
- Suhbatlardan olingan 2-3 minutlik bo'laklar (va oxiridagi удар gapcha, kulrang filtr, крутой qo'shiq)
- 30 sekundlik story lar
- Chatlardagi qisqa yozishmalar va boshqalar bunga sabab

Natijada:
- Kitob boshlasak zerikib qolamiz
- Uzun postni ko'rib qolsak o'qigimiz kelmaydi
- Harflarni 6zimizcha qisqartiramiz
- Bitta leksiyada kamida 10 marta telefonni ochamiz
- Uzun online kurslarni oxiriga yetkaza olmaymiz (istalgan online kursni oching. Birinchi darsda 1M ta prosmotr bo'lsa, oxirgi darslar zo'rg'a 100K yig'adi)

Ilm olish, yaxshi kasb egallash, hayotda o'z o'rnini topish, yuksalish insondan yillar talab qiladi. Agar qisqa hajmdagi narsalarga qattiq bog'lanib qolsak, yuqoridagi narsalar faqat orzu bo'lib qoladi.

P/s:
Shu sababli men ham content uslubimni "-" va "1. " larga o'zgartirdim. Chunki ko'p kishi uzun postdan qo'rqadi

@shohrukh_blog
338 views18:54
Ochish/sharhlash
2022-12-29 11:54:16 Siz bu postni oxirigacha o'qiy olmaysiz

Tasavvur qiling sizni labirintga qamab qo'yishdi. Labirinting ikkita yo'lakka bo'lingan qismiga keldingiz. Shunda sizni shu labirintga qamagan odamning "Давай, o'ng tomonga buril" degan ovozi eshitildi. Katta ehtimol bilan chap tomonga burilasiz. Chunki, siz mustaqil fikrga ega, hur fikrli odamsiz. Arqondan tortsa orqasidan ergashadigan mol emassiz. Labirintdagi butun sayohat davomida katta ehtimol bilan siz диктор ning maslahatlarini teskarisini qilasiz. Диктор hayratda!

Bu holat "Reversiv psixologiya" deyiladi. Ushbu holat ishlashining asosiy sababi, odam o'zini "Mustaqil firklaydigan odam" statusida ko'rishni hohlaydi. Undan tashqari odamlarni "zo'r" ligini inkor qilganizda shiddat bilan ishlaydi.

Yomon tomoni shuki, u narsa orqali bizni boshqarishlari mumkin. Balkim, labirintdagi диктор u hohlagan yo'ldan yurishimiz uchun ataylab shu ishni qilgandir? Balkim postga e'tibor berishingiz uchun shunaqa sarlavha qo'ygandirman? 10 minutda uyni yig'ishtira olmaysan deb ataylab ishlatishgandir?

Bu narsani zo'r tomoni, ukangizga "Kel oynalarni yuvamiz, baribir sandan tezroq bo'laman" desangiz, siz bittasini tugatguningizcha u 3 tasini bitirgan bo'ladi.

Mustaqil fikrlash degani, odamlar aytgan gapni teskarisini qilish emas, vaziyatga fikrlab, holisona va sovuqqonlik bilan yondashishdir.

@shohrukh_blog
292 views08:54
Ochish/sharhlash
2022-12-28 18:07:23 Xo’sh… Qarang!

Eslolmaysiz. Endi yurishni boshlaganingizda, necha marotaba yiqilgansiz?

Hozir bemalol yuribsiz. Qanday o’rgangansiz yurishni?

Bolaligingizda yiqilsangiz doim qaytib o’rningizdan turar edingiz.

Hozirсhi?

Boshqa misol?!

Ha mayli. O’qishni qanday o’rgangansiz?

Boshida harf ham tanimasdingiz. To’g’rimi?

Qancha xato qilganingizni eslay olasizmi?

Hozirchi?

Bu ham kammi?

Birinchi marta kompyuter o’ynaganingizni eslay olasizmi?

Neсha marotaba yutqazgansiz o’shanda?

Hozirchi?

Hech narsani shunchaki o’rganib qolmaysiz.

Yutqazasiz, yiqilasiz, turasiz, boshidan boshlaysiz. Yutqazasiz, yiqilasiz, turasiz…

Ha, og’riydi, qiynalasiz, sharmanda bo’lasiz, yig’laysiz, lekin muhimi baribir bir kuni O’RGANASIZ.

@shohrukh_blog
277 views15:07
Ochish/sharhlash
2022-12-27 14:06:53 Miya Negativni Tushunmaydi

Miyamiz qilma degan narsani qilishga undaydi.

- "Muzlatkichni ochma" deyilsa, borib baribir ochadi
- Bolaga "Bu narsaga teginma" deyilsa, ataylab teginadi
- "Bu odamni ma'ruzalarini eshitma" deyilsa, shuni topib, eshitadi.
- "Bekor yotgandan ko'ra foydali ish qil" deyilsa, bekorchiligi yanada ziyoda bo'ladi.

Shuning uchun boshqalarga maslahat berayotganda birdaniga yechimni yoki sababini bering.


Masalan: "Telefonni o'chir, foydali ish qil" deb baqirishni o'rniga,

"Bilim olishni o'rniga bekorchilik qilib, vaqtingni, umringni isrof qilma. Chunki, ongsizlik, diniy va zamonaviy bilimlarni olmasdan, qorinni qashlab, кайф qilib yotganimiz sababli butun Turkiston o'tgan asr davomida qaram bo'ldi.

Avtomat, pulemyot bilan kelgan g'animlarga qarshi ketmon bilan yugurishdi. Ittifoq qilishni o'rniga, bir-birini sotishdi. Kaltafaxmligidan rostni yolg'ondan ajrata olmay, qahramonlarini "kofir" deb o'ldirishdi. Millat uchun kurashish o'rniga, qaramlikni ustun ko'rishdi.

Mana shu fojia qaytarilmasligi uchun diniy, zamonaviy bilimlarni o'rganish, va ularga amal qilish, dunyoqarashni kengaytirish kerak" desa bo'ladi.

P.S.
Bu motivatsiya emas. Bu - qayg'uli fakt (

@shohrukh_blog
267 views11:06
Ochish/sharhlash
2022-12-23 18:52:35 Yangi yildan o’zgaraman

Sizni bilmadimu, meni kulgim keldi.

Ishonavering. O’tgan yili huddi shu payt 2022-yil uchun “bir qop” rejalarim bor edi.

Sir bo’lsa ham aytaman. Hech narsa o’zgarmadi)

2023-yil kirishi bilan “super qahramon”ga aylanib qolmaysiz. O’sha “siz” bo’lib qolaverasiz.

Ertadan, ertalabdan, keyingi haftadan, keyingi oydan, keyingi yildan degan hayolni miyyangizdan сhiqarib tashlang.

Ertangi “siz”, hozirgi “siz”dan kuchli emas. Afsuski.

Hozirdan boshlang. Hozir ayni vaqti.

Soat kechasi to'qqizdami?!

Yo’q. Hozir uxlang. Ertalabdan o’zgarasiz)

Ha. Ertalab turaman-u, Yangi yilni kutaman) Ura!

@shohrukh_blog
300 views15:52
Ochish/sharhlash