2020-04-29 18:52:29
Bu ma'lumot sizni umringizni tejaydi
Part l
Brauzer! Hayolingizga birdaniga Google Chrome keldi, shunaqami(yo'q? ok!)? Chrome asosiy brauzeri bo'lganlar uchun vaqtni tejab asablarni asraydigan layfhaklar yig'dim:
• agar har qanday havolaga Ctrl bilan bosilsa u yangi yorliqda ochiladi. Bu usul, menga o'xshab, sichqonchani o'rta tugmasi ishlamay qolganlar uchun. Ha aytgancha, sichqonchaning roliki bosiladi.
• «Ctrl + Shift +
klik» — havolani yangi yorliqda ochib unga o'tish;
• «Ctrl + N» — yangi brauzer oynasini ochish. Yoki bo'lmasa Shift knopkasini bosib turgan holda pastki panelga bosilsa ham yangi oyna ochiladi;
• «Ctrl + T» — yangi yorliq ochish. Yorliq deganda «вкладка» nazarda tutyapman;
• «Ctrl + Shift + N» — inkognito rejimida kirish. Bu rejimda kirgan saytlar, login va parollar saqlanmaydi. Biror sayt AdBlock dasturini o'chirishni talab qilsa uni inkognito rejimida ochishni maslahat beraman. Yoki begona kompyuterda internet bilan ishlamoqchi bo'lsangiz inkognito orqali ishlang.
• «Ctrl + W» — aktiv bo'lgan yorliqni yoki paydo bo'lgan blokni yopish. Umrimning anchagina millesekundlari tejaladigan bo'ldi.
• «Ctrl + Shift + T» — ohirgi yopilgan 10ta yorliqni qayta ochish;
• «Ctrl + Tab» — boshqa yorliqqa o'tish
#google, #chrome
382 viewsSh.Shoh.uz, 15:52