Get Mystery Box with random crypto!

Topqirlik (hangoma) Bir cholning uch o‘g‘li bor ekan. Kunlarn | SHOHABBOS AXMEDOV

Topqirlik (hangoma)

Bir cholning uch o‘g‘li bor ekan. Kunlarning birida chol o‘g‘illarini tong-sahar vaqti uyg‘otibdi:
– Qandaydir yaramas sigirimizni o‘g‘rilab ketibdi!

Kichik o‘g‘il (ko‘zlarini ishqalab):
– Yaramas bo‘lsa, demak bo‘yi pakana bo‘lishi kerak!

O‘rtancha o‘g‘il (esnagancha):
– Pakana bo‘lsa, demak qo‘shni qishloq, Olaqo‘ng‘irdan!

To‘ng‘ich o‘g‘il (kerishib):
– Olaqo‘ng‘irdan bo‘lsa, demak o‘g‘ri – Toshmat g‘ilay!

Uch o‘g‘il va ota Olaqo‘ng‘irga borib, Toshmat g‘ilayni ushlab, sigirni talab qila boshlashibdi. Toshmat g‘ilay esa sigirni o‘g‘rilamaganini aytibdi. Ota-bolalar Toshmat g‘ilayni qozi huzuriga sudrashibdi:
– Sigirimizni o‘g‘rilagan, ursak ham so‘ksak ham, tepsak ham qaytarmayapti!

Qozi aka-ukalardan so‘rabdi:
– Nega sigirlaringni aynan shu odam o‘g‘rilagan, deb o‘ylayapsizlar?

– Sigirimizni yaramas o‘g‘rilagan, yaramas odam pakana bo‘ladi, pakanalar esa Olaqo‘ng‘irda, olaqo‘ng‘irlik bo‘lsa Toshmat g‘ilaydan boshqa odam bo‘lmaydi, – deb javob qilishibdi aka-ukalar!

– Iye, mantiqlaring juda qiziq-ku?! – debdi qozi va qutiga allanimani yashirib, aka-ukalardan so‘rabdi:
– Manavi qutida nima bor?

– Quti to‘rtburchaksimon ekan, – debdi ota.

– Demak, uning ichidagi narsa yumaloq, – debdi kenja o‘g‘il.

– Yumaloq bo‘lsa, rangi albatta zarg‘aldoq, – debdi o‘rtanchasi.

– Zarg‘aldoqmi, demak, u – apelsin, – debdi to‘ng‘ichi.

Qozi ko‘zlari olaygancha qutidan apelsinni olar ekan, Toshmat g‘ilayga o‘shqiribdi: 
– Sigirni qaytar, yaramas!!!