Get Mystery Box with random crypto!

Ilmimizga shubhangiz bo'lsa, ustozlarimizga boqing! Meni omad | Shodiyakhon Akhrorova

Ilmimizga shubhangiz bo'lsa, ustozlarimizga boqing!

Meni omadsiz deb hisoblashadi. Ishonmaysizmi? Rostdan. "Hamma ishi qiyinchilik bilan bo'ladi, bir tekisda o'tib ketmaydi", - deyishadi. Unisini bilmadim-u, bir narsada omadliman. Mani omadim ustozlarimda! Har doim eng oqila va mehribon, eng ilmli,eng sabrli va eng ko'ngli toza ustozlarda o'qiganman. Shunday ustozlarimdan biri f.f.n, dotsent, UzJOKU da talim beruvchi ilmiy rahbarim Gulnora Nishanovaga mingdan Ming rahmatim! Menga nisbatan sabrli bo'lganlariga, "tartiblanmagan rabochiy stol" miyyamni tartibga solib, yo'l- yo'riq ko'rsatib turganlariga, ruhim tushsa, o'zimga o'zim ishonmasam ham menga ishonganlariga, dunyoning qaysi chekkasida bo'lsalar ham ishimni tahrirlab, vaqtlarini qizg'anmaganlariga! Barchasi UCHUN! Yana bir Shunaqa omadim Gulnoza Odilova ustozim! O'zbekiston Gastronomik Turizmi assotsiatsiyasi raisi, fan doktori. Karantinda BMI yozish nasib qilmagan shu ustozimning qo'llarida! Lekin taqrizchi bo'ldilar, shukur! Vaqtida erkalik qilganman, yoshlik qilganman, dangasalik qilganman. Lekin tushunganlar, kechirganlar va kecha ham duolarini ayamadilar Taqrizchim sifatida! Aynan Gulnoza Komiljonovna PR bilan professional shug'ullanishimga sabab bo'lib, Shu sohaga chin ma'noda olib kirib qo'yganlar!

Bugun himoyada minbarga bir O'zim chiqmadim. Butun kafedra a'zolari, kursdoshlarim, hamkorlarim, barchalariga hurmatim cheksiz! Shuncha insonning qo'llashi va buning mas'uliyati bilan himoyamni 5 baho bilan yakunladim!
Mani himoyamni ko'rish uchun kutgan, kelgan qo'llagan insonlar bo'ldi. 3 ta kamerada himoyamni tasvirga olishibdi. Bu e'tibordan bo'yim o'sdi yana, semirib ham qolarman) Shu kunlarda qo'llagan barchaga ham rahmat.
Baxtli kunlarda ham bo'lishadigan do'stlarim borligiga shukur!

Endi alohida rahmatim Firuz Allaev ga. Ishonib dissertatsiyam UCHUN kompaniyaning ma'lumotlarni bilan bo'lishgan, meni ilk uchrashuvdayoq professional va tadqiqotchi sifatida qabul qilgan, vaqtlarini ayamagan, ham Ilmiy ham amaliy yordam bergan, qo'llab doimiy e'tibor qaratganlari uchun rahmat! 99 betli dissertatsiyamni bir kechada.o'qib ertalab.munosabat.bildirdilar. Shuning o'zi e'tirof men uchun!

Adam, onamga esa so'z bilan aytilmaydigan tuyg'ularim bor. Faqat bir narsani aytolaman, Man bilan birga Dissertatsiya yozib, birga tengma- teng himoya qilishdi!

Har biringizning ilmingizni, mehnatingizni, mehringizni va hurmatingizni haqqini halollash nasib qilsin!

Ikkita mualliflik blogim:
@shodiyakhon_akhrorova
@meningkemam ning har bir.a'zosi ham dissertatsiya himoyamni kutishdi, emotsional postlarimga chidashdi va ishonishdi. Ishonaman. Sizga ham rahmat!

@shodiyakhon_akhrorova