Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiy Kompyuter

Telegram kanalining logotibi shk_uz — Shaxsiy Kompyuter S
Telegram kanalining logotibi shk_uz — Shaxsiy Kompyuter
Kanal manzili: @shk_uz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.92K
Kanalning ta’rifi

• Reklama — t.me/techno_ads/553
✓ Kompyuter olamining siz bilgan va bilmagan sirlari jamlangan Telegramdagi eng top kanal

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-17 15:42:15
[Yangilik] Senior dasturchi tomonidan Android + Flutter onlayn Bootcamp kursi

Sizni ishga kirishingizga sabab bo'ladigan va siz kutgan formatdagi Android + Flutter kursi uchun qabul boshlandi. Eng asosiysi, darslar "0" dan boshlanib bu darslarni barchasini Senior software enginer olib boradi.

Bootcamp kursi ustozi Zayniddin Mamarasulov hozirgacha 60+ shogirdlarga ta'lim bergan va shogirdlarining 70%+ qismi UniversalBank, Xmed, UIC Group, Udevs, Empire-Soft kabi bir qancha kompaniyalarda o'z ish joyiga ega, keyingisi siz bo'lishingiz mumkin.

Kurs davomida:

— 8 oy, haftada 4 marta, kechki vaqtda Zoom'da
— Java, Kotlin, Dart va Android va Flutter dasturlash
— Database (ma'lumotlar bazasi bilan ishlash)

va boshqa ko'plab bilimlarni talabchan ustoz nazoratida o'rganasiz.

Agar ushbu Android+Flutter Bootcamp kursimiz sizga qiziq bo'lsa, 19-aprel soat 20:00'da bo'lib o'tadigan onlayn 1-darsimizga BEPUL qatnashing!

BEPUL darsga qatnashib ko'rish uchun @fulfiledu ga "Bootcamp" deb yozib qoldiring
2.2K views12:42
Ochish/sharhlash
2023-04-17 12:11:07
Photoshop-da WebP faylini ochish

2010 yilda Google tomonidan taklif qilingan takomillashtirilgan WebP tasvir formati veb-brauzerlar orasida katta shuhrat qozondi, biroq ko'pgina rasm muharrirlari hali ham u bilan ishlashni qo'llab-quvvatlamaydi.

Bularga Photoshop 23.1 va undan yuqori versiyalar kiradi. WebP formatini ochish va u bilan ishlash uchun WebPShop plaginini o'rnatishingiz kerak.

Boshlash uchun qo'shimchani yuklab oling. Keyinchalik, uni Photoshop-ning asosiy katalogida joylashgan Plug-Ins papkasiga nusxalash qoladi . Agar dastur ochiq bo'lsa, uni qayta ishga tushirish kerak.

@shk_uz - har qanday muammoning yechimi!
81 views09:11
Ochish/sharhlash
2023-04-17 06:01:08
Fleshka uchun avtomatik ochish sozlamasini tanlash


Fleshkani kompyuterga ulaganimiz zahoti ushbu qurilma bilan nima qilish mumkinligi haqidagi oyna ochiladi. Windows 10 da har doim tashqi qurilma ulanganda qanday amal bajarilishini belgilab berish mumkin. Buning uchun Параметры ga (Win + I bilan) -> Устройства -> Автозапуск. Ushbu oynada avtomatik kirib ketish sozlamasini tanlash mumkin. @ka_rasmiy

P.S. Ushbu sozlamadan imkon qadar tashqi qurilmalarni avtomatik ochib yuborishini tanlamaganimiz ma'qul. Chunki ko'pincha ichida virusi bor fleshkalar ulanganda ular avtomatik ochilib ketsa ichidagi viruslardan kompyuterga o'tib qolishi mumkin.

@shk_uz - har qanday muammoning yechimi!
2.1K views03:01
Ochish/sharhlash
2023-04-16 17:41:49
Windows 11-da BIOS/UEFI-ga qanday kirish mumkin?

Ma'lumki, siz UEFI yoki BIOS-ga turli yo'llar bilan kirishingiz mumkin, shuning uchun bu ulardan biri.

1 Shift tugmasini bosib turing va Перезагрузить- ni tanlang
Поиск и устранение неисправностей- ni bosing
3 Дополнительные параметры-ga o'ting va Параметры встроенного ПО UEFI bosing
4 Перезагрузку-ni tasdiqlang va UEFI- ga o'ting

@shk_uz - har qanday muammoning yechimi!
2.9K views14:41
Ochish/sharhlash
2023-04-16 06:04:57
Nega Windows’da “con” nomli papkani yaratib bo‘lmaydi?

Windows’da oddiy usulda “con” nomli papkani yaratib bo‘lmaydi.

Ko‘p saytlarda Bill Geytsni yoshligida shu so‘z (“botanik” ma’nosini anglatadi) bilan mazax qilishgani uchun shaxsiy xohishiga ko‘ra buni cheklab qo‘ygan deb ta’kidlanadi.

Aslida esa barchasi juda oddiy: ushbu cheklov xattoki Windows’dan oldin qo‘llanilgan MS-DOS operatsion tizimi davriga borib taqaladi. U yerda “con”, shu kabi boshqa belgilanishlar (prn, aux, nul) bilan birga kiritish-chiqarish qurilmalarini bilan ishlash uchun rezervlangan, shuning uchun ham bu nomdagi papkalarni yaratib bo‘lmaydi.

@shk_uz - har qanday muammoning yechimi!
1.8K views03:04
Ochish/sharhlash
2023-04-15 12:48:43
Windows 10 kalkulyatori ishlamay qolsa nima qilish mumkin?

Agar tizimdagi standart kalkulyator ilovasi ishga tushmay qolsa, quyidagi harakatlarni bajarishga urinib ko‘rish mumkin:

. Пуск > Параметры > Приложения > Приложения и возможности ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

. Ilovalar ro‘yxatidan Калькулятор'ni tanlang va Дополнительные параметры bandi ustiga bosing.

. Сбросить tugmasiga bosing va qayta ishga tushirish (сброс)ni tasdiqlang.

Shundan so‘ng yana kalkulyatorni ishga tushirishga urinib ko‘ring.

@shk_uz - har qanday muammoning yechimi!
1.9K views09:48
Ochish/sharhlash
2023-04-15 06:52:01
#computer_tricks

CMD orqali fayl nomini o'zgartiramiz

Siz ham sinab ko'ring

P.S: Izohlarni kutaman....

Kanalimiz havolasi
@itsoftwareuz
2.4K views03:52
Ochish/sharhlash
2023-04-14 20:19:57
AI yordamida o'xshash musiqalarni qidirish

Pleylistingizni yangilash va yangi treklarni topish vaqti keldimi? Maroofy - bu AI yordamida pleylistingizni yangilashga yordam beradigan xizmat. Sevimli qo'shiq nomini kiriting va neyron tarmoq shunga o'xshash treklarni tanlashni taklif qiladi.

ITunes-dan 120 million trek bo'yicha trening tufayli xizmat shunga o'xshash qo'shiqlarni topishda ajoyib ishni bajaradi.

@shk_uz - har qanday muammoning yechimi!
1.0K views17:19
Ochish/sharhlash
2023-04-14 18:19:57
Excel dasturini bilgan ishsiz qolmaydi!

Lekin dasturni 0 dan qayerdan o'rganish mumkin deb bosh qotiryapsizmi?

Sizga @ExcelDarsBot ni tavsiya qilamiz!

Ushbu botda...

• 2 ta mualliflik videokursi va 15 dan ortiq qisqa videodarslar;
• 35 dan oshiq funksiyalar va kerakli tugmalar kombinatsiyalari;
• "Exceldagi 201 mohirlik" qo'llanmasi (noyob);
• Amaliyot uchun topshiriq va boshqalarni topasiz!

Hozirga qadar 43 ming inson bizni tanlagan. Siz ham Excel dasturini biz bilan birgalikda o'rganing !

Moliyaviy barqarorlik istovchilar uchun manzil: @ExcelDarsBot
1.8K views15:19
Ochish/sharhlash
2023-04-14 13:20:19
Qanday qilib diskda keraksiz kesh fayllarni osongina bo'shatish mumkin

1 Birinchidan, Поиске , Панель управления ni yozing va unga o'ting
2 Keyin Система и безопасность bo'limiga o'ting
3 Администрирование bo'limida Освобождение места на диске- ni bosing
4 Tizim sizdan C yoki D diskini tanlashingizni so'raydi, so'ng OK tugmasini bosing va Очистить системные файлы-ni bosing
5 Yana bir marta diskni tanlang va tizimni hisoblashni kuting va keyin yangi oynada Дополнительно ni tanlang
6 Восстановление системы и Теневое копирование bo'limida Очистить- ni bosing

Shunday qilib, eng so'nggi tiklash nuqtasidan tashqari hamma narsani o'chirib, diskda qo'shimcha joy bo'shatish mumkin.

@shk_uz - har qanday muammoning yechimi!
2.3K views10:20
Ochish/sharhlash