Get Mystery Box with random crypto!

Windows Settings ko'rinishi o'zgarishi mumkin - yangi leak | Shaxsiy Kompyuter

Windows Settings ko'rinishi o'zgarishi mumkin - yangi leak

Internetda Windows build 22395-dan olingan skrinshot tarqaldi.

Rasm sifati pastroq, lekin kategoriyalar chap tomonga o'tgan va ikonkalar chiroyli ranglarga bo'yalgan.

Shuningdek, kelayotgan 24-iyun kuni katta ehtimol bilan Windows 11 taqdim qilinishi kutilmoqda. Bu rasman tasdiqlanmagan bo'lsa ham The Verge, Forbes, Windows Central va boshqa bir qancha ishonchli va mashhur saytlar bu haqida maqolalar yozishmoqda.

Bunga asosiy sabab qilib, tadbirning aynan soat 11:00 da boshlanishi va Windows taklifnomasidagi 4 bo'lakli oynadan ikkita 11 shaklidagi uzun soyalar tushayotgani, Satya Nadella-ning may oyidagi tadbirida "Windows-ning yangi avlodi" deb ta'kidlagani ko'rsatilmoqda.

@SHk_uz