Get Mystery Box with random crypto!

Windows tizimida, istalgan dasturni 3 ta tugma yordamida ishga | Shaxsiy Kompyuter

Windows tizimida, istalgan dasturni 3 ta tugma yordamida ishga tushirish mumkin

Bu usul orqali kompyuterdagi kerakli dasturlarni sichqonchadan foydalanmagan holda, tez ishga tushirishingiz mumkin, buning uchun bizga 3 ta tugma kerak bo'ladi:
Birinchi tugma - CTRL;
ikkinchi tugma - ALT;
uchinchisini mana bunday qilib o'zingiz o'rnatasiz:

1. Kerakli dasturni ishga tushiradigan fayli(misol uchun paint.exe dasturi) ustiga sichqonchani o'ng tomonini bosamiz(kontekst menyu) va "Свойства".
2. "Ярлык" nomli vkladkaga o'tamiz.
3. "Быстрый вызов:" qatorida "Нет" yozuvini ustida("Нет" so'zini o'chirmagan holda, o'chirolmaysiz ham) ) biror harfni bosamiz, misol uchun A harfi.
4. Shunda qator avtomat, "Ctrl + Alt + A" qiymatga o'zgaradi, bu degani klaviaturadan Ctrl va Alt tugmasini bosib turgan holda, A harfini bossa, tanlagan dastur(bizning misolda paint) ishga tushadi.

Shu yo'l orqali istalgan dasturni Ctrl, Alt va tanlagan harfingiz orqali ishga tushirish mumkin.

Dasturni ishga tushuruvchi faylini "Пуск" yoki ish stolidan topishingiz mumkin, bu imkoniyat Windows 10 tizimida tekshirildi, Windows'ning qolgan versiyalarida ham ishlashi kerak.
Akmal Xudayberganov

@shk_uz