Get Mystery Box with random crypto!

Qulupnoyli pirog Kerakli masaliqlar: Biskviti uchun: T | 🎂 PISHIRIQLAR 🍰

Qulupnoyli pirog

Kerakli masaliqlar:
Biskviti uchun:

Tuxum 3 ta
Shakar 150 gr
Sut 100 ml
Oʻsimlik yogʻi 100ml
Kakao 2 osh qoshiq
Un 250-300 gr
Razrixlitel 16 gr

Propitka uchun:
Kofe va shakar 1 koshikdan

Glazuri uchun:
Qaymoq 50ml
Eritilgan shokolad 100ml

Tayyorlanishi:

Dastlab idishga 3 dona tuxumni chaqib solamiz. Unga shakar solib, venchik bilan yaxshilab aralashtiramiz. Soʻngra sut va toza oʻsimlik yogʻi quyib, venchik bilan aralashtiramiz. Endi alohida idishga kakao, un va razrixlitel solib, aralashtiramiz.
Aralashmamizni elakdan oʻtkazib asosiy massamizga qoʻshamiz va venchik bilan yana aralashtiramiz. Massamizni qolipga joylab, duxovkada 180°C da pishirib olamiz. Endi propitka tayyorlaymiz. Kofe va shakarni aralashtirib, pirog ustidan quyamiz.
Glazuri uchun qaymoq va eritilgan shokoladni aralashtiramiz. Glazur tayyor. Pirogimizda teshikchalar qilib, glazurimizni ustidan quyamiz. Ust qismini xohishga qarab bezatishingiz mumkin

PISHIRIQLAR OLAMI
https://t.me/+HrS-jdvWUeg0M2Ji