Get Mystery Box with random crypto!

Ona qamoqda o'tirgan o'g'liga xat yozyapdi... -O'g'lim seni qa | 🌼Shιrιη τυγgυlɑr🌼

Ona qamoqda o'tirgan o'g'liga xat yozyapdi...
-O'g'lim seni qamab qo'yishgandan so'ng,tomorqada ishlash men uchun juda og'irlik qilyapti.Mana hozir yerlarni chopib,kartoshka ekish kerak.Lekin yordam beradigan odam yo'q.

O'g'li onasiga xat yozyapdi...
-Ona tomorqadagi yerlarga zinhor tegina ko'rmang.Aks holda siz ham bir narsa topib olasizda sizni ham qamab qoyishadi.Menga ham qo'shimcha muddat qo'shishadi.

Onasi: -O'g'lim seni oxirgi xatingdan so'ng uyimizga militsionerlar kelishdi. Tomorqadagi hamma yerlarni chopib ag'darib, hech narsa topa olmay jaxllari chiqib, so'kinib ketishdi...

O'g'li: -Onajon qo'limdan kelguncha yordam berdim, endi kartoshkani o'zingiz ammallarsiz...