Get Mystery Box with random crypto!

Shimol hikoyalari

Telegram kanalining logotibi shimol_hikoyalari — Shimol hikoyalari S
Telegram kanalining logotibi shimol_hikoyalari — Shimol hikoyalari
Kanal manzili: @shimol_hikoyalari
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.56K
Kanalning ta’rifi

📱 Blog: @hamiydim
Bu kanalda siz ibratli va qiziqarli hikoyalardan bahramand boʻlishingiz mumkin ☺️
⚠️ Eslatma: Kanalimdan söramay post olsangiz, rozi emasman 🙂‼️📌
📬 Izlasang meni: @uzoqlardama
📮 Aloqa: @shimol_hikoyalaribot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-25 19:18:52 Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...

@shimol_hikoyalari
@hamiydim
422 views16:18
Ochish/sharhlash
2022-09-25 17:53:26 So‘qir

Bir ko‘zi ojiz odam yonida o‘tirgan kishidan so‘radi:
— Quyosh juda chiroyli bo‘lsa kerak?!
— Bilmasam, e’tibor bermagan ekanman.

  Shahobiddin Luqmon
@shimol_hikoyalari
@hamiydim
387 views14:53
Ochish/sharhlash
2022-09-25 04:10:31 So‘nggi nasiba

Er:
— Onasi, muzday suv ichgim keldi.
Xotin:
— Shoshmay turing, biroz kuting. Ishlarimni qilib olay.
— .....
— Dadasi, kutib qolmadingizmi? Mana, suv keltirdim.
Afsus inson shoshmasa ham, vaqt shoshadi, qismat shoshadi.
Beva qolgan xotin ko‘zlaridan kosadagi muzdek suvga qaynoq tomchilar to‘kildi.

  Nuriddin Ziyo
@shimol_hikoyalari
428 views01:10
Ochish/sharhlash
2022-09-24 13:15:14 #kichik_hikoya

BOYCHECHAK

Ayol o‘g‘lini bir shappat urdi.
- Kech bo‘lganda qayerdan kelayapsan?!
Bolakay o‘ng qo‘lini ko‘ylagining ichiga tiqib olgan edi. Yuzida ikkilanish zohir bo‘ldi.
- Qirdan, - dedi u.
- Nimadir o‘g‘irladingmi? Men uyda o‘tir degandim-ku! Ko‘rsat-chi!
Yana bitta tarsaki tushgach, bolakay qo‘ynidan bir dona boychechak chiqardi.
- Izlab-izlab bittagina topdim, - deya qo‘rqa-pisa qo‘lini cho‘zdi u. - Tug‘ilgan kuningiz bilan, OYIJON.

@shimol_hikoyalari
536 views10:15
Ochish/sharhlash
2022-09-24 03:05:06 Vatan tuprog‘i

— Siz vatan tuprog‘ini sotyapsiz. Uni asraganga soting. Tuproqni o‘zgaga sotishdan ehtiyot bo‘ling, - dedi yo‘ldan o‘tayotgan yo‘lovchi. Kulol esa o‘yga tolardi...

Sherzod Sanayev
@shimol_hikoyalari
471 views00:05
Ochish/sharhlash
2022-09-23 10:12:01 Parijda bir masjidga bolakay kirib imomdan so‘radi:
— Meni onam yubordilar, sizlarning madrasangizda o‘qisam bo‘ladimi?
— Bo‘ladi. Lekin onang qani? Avval undan ba’zi ma’lumotlar olishimiz kerak, dedi imom.
— Onam tashqarida turibdilar, —dedi bola — Masjidga kira olmas ekanlar, chunki onam musulmon emaslar.

Imom shoshib ko‘chaga chiqdi va bolaning onasidan maqsadini so‘radi. Ayol shunday javob berdi:

— Taqsir, mening bir musulmon qo‘shnim bor. U farzandlarini madrasaga kuzatayotganida farzandlari onasining qo‘lini o‘pib, boshiga suradi. U oila doim baxtli, xotirjam ko‘rinadi. Yana men bu shaharda birorta musulmon farzand o‘z ota-onasini qariyalar uyiga berib yuborganini ko‘rmadim. Iltimos, mening bolamga ham Islomni o‘rgating, shoyad bu ham menga o‘shalardek muomala qilsa.


Allohim, bizlarni musulmon qilib qo‘yganing uchun O‘zingga cheksiz hamdlar bo‘lsin!

@shimol_hikoyalari
593 views07:12
Ochish/sharhlash
2022-09-23 03:05:10 Bir kishi dengizchidan soʻrabdi:
-Bobongiz qanday vafot etgan?
-Dengizda kemalari halokatga uchragan
-Otangizchi?
-Otam ham dengizda gʻarq boʻlgan.
- Men sizning oʻrningizda boʻlganimda, umuman dengizga yaqinlashmasdim.

Dengizchi soʻrabdi:
-Oʻzingizning ota- bobongiz qayerda vafot etgan?
-Otam ham, bobom ham toʻshakda vafot etgan.
-Men sizning oʻrningizda boʻlganimda umuman toʻshakda yotmas edim.

@shimol_hikoyalari
565 views00:05
Ochish/sharhlash
2022-09-23 01:03:01
Bugun juma.Uyingizdagi ayollarga gul sovg'a qiling.Shirinliklar bilan siylang...

@shimol_hikoyalari
599 views22:03
Ochish/sharhlash
2022-09-22 20:50:48 #Qazoyi qadar

Hech narsadan afsuslanish kerak emas. Hech qachon!
Negaki, Qazoyi qadarimiz hammasi yozilgan...
Bir donishmanddan so'rashibdi: "Nega shoshilmaysiz, hech afsuslanmaysiz" -deb. Shunda donishmand: -agar peshonamga yozilgan bo'lsa erishaman shoshilsam ham, shoshilmasam ham. Agar yozilmagan bo'lsa afsuslansam ham afsuslanmasam ham baribir ega bo'la olmayman" degan ekan...

Xayrli oqshom qadrdonlarim

@shimol_hikoyalari
638 views17:50
Ochish/sharhlash
2022-09-22 20:50:01 Hamjihatlik

Er uyiga kelmadi. Xotin kechasi bilan mijja qoqmay chiqdi. Tong sahar erining do‘stiga qo‘ng‘iroq qildi.
– Vahobjon akam kelmadilar. Xabaringiz yo‘qmi, qayoqda yuribdilar?
– Tashvish qilmang, kelin, – dedi erining do‘sti - Vahobjon biznikida yotib qoldi. Kechasi majlis cho‘zilib ketdi...
Xotin erining ikkinchi do‘stiga qo‘ng‘iroq qildi.
– Shungayam bo‘g‘ilasizmi? – dedi ikkinchi do‘st. – Kecha Chirchiqqa boruvdik. Xizmatchilik-da! Vahobjon biznikida edi...
Xotin erining uchinchi do‘stiga ham qo‘ng‘iroq qildi.
– Xavotir olmang, yangajon! – dedi uchinchi do‘st. – Kecha desangiz, chet eldan mehmonlar kep qolsa bo‘ladimi! Shularni joylashtirguncha tongotar bo‘lib ketdi. Vahobjon aka biznikida yotib qoldilar...
Xotin fig‘oni falakka chiqib, dugonasiga qo‘ng‘iroq ildi:
– Erim uyga uyga kelmadi. Uchta o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilsam, uchchalasiyam ering menikida yotib qoldi deydi!
Dugonaning jahli chiqib ketdi:
– E, Xudo olsin, yolg‘onchilarni! Uchchalasiyam bekor aytibdi! Ering menikida edi!

O‘tkir Hoshimov
@shimol_hikoyalari
657 views17:50
Ochish/sharhlash