Get Mystery Box with random crypto!

Chol..  Har doimgidek bugun ham uhlab qoldim. Ko'zlarimni oc | Shimol hikoyalari

Chol.. 

Har doimgidek bugun ham uhlab qoldim. Ko'zlarimni ochganimda telefonim musiqa chalayotgandi, sekingina budilnikni o'chirdim.Onam allaqachon ishda, ukam bo'lsa kechasi kech uhlagani aniq. Uyqisirab yuvinib kiyindim, pardoz qilishga vaqtim ham bo'lmadi. Nonushta qilmay sumkamni oldimda ishga otlandim. Har kungi manzara : qo'shni kelin ko'chaga suv sepadi(u ham mendek uyqichi), bolalar og'ir sumkalari bilan uydan chiqadi,mashinalar bizning tor ko'chadan sekin haydab o'tadi, odamlar ishga, o'qishga shoshiladi, atrofni kuzatib sekinlayman va birdan kech qolganim esimga tushim qadamimni tezlataman. Qabriston oldidan o'tar ekanman bobo va nabiraga ko'zim tushadi. Bu yo'ldan odam kam yuradi, bobo va nabirani esa har kuni ko'raman. Yo'lning oxirida bolalar bog'chasi bor. Katta ehtimol bilan ular bog'chaga yurishadi. Menga qaqqa olib berasizmi opoqi ? - qarib, munkillab qolgan, hatto kiyimlaridan ham suyaklari bilinib turgan keksa amakini gapga tutadi bola. Olib beraman toychog'im, kech qolmaylik deymanda, do'konga to'xtasak kechikamiz - javob beradi bobo. Orqasiga mitti sumkacha ilib olgan bolachaga diqqat bilan qarayman : sochlari taralgan, kiyimlari ozoda, yuzlari lo'ppi, kichik sumkachasi  bor. Bir - bir qadam tashlab sekinlik bilan yurayotgan keksa chol va nabiradan o'zib ketaman.
Ertasi kun. Sezganingizdek yana uhlab qolganman. Har kungi holat takrorlanadi, mening kunim chol va nabiraning suhbatini eshitib boshlanadi. Sumkamni ko'tarib oling bobo - deydi bola. Beraqol, o'g'lim - o'zi zo'rg'a harakatlanib ketayotgan qariyaga negadir achinaman, bir tarafdan xursand bo'laman : axir nabirasi uchun u hozir qahramon. Shoshib mashinaga o'tiraman va hayollarim ishga bormasimdan ishga qaratiladi.
Kunlar shu zayilda davom etadi.
Bugun erta uyg'ondim. Pardoz qildim, maroq bilan qorin to'qladim, uydan chiqdim va birdan aqlim shoshirdi. Bugun ularni ko'rmaymanmi ? Ularni hatto tanimayman ammo menga qadrdon bo'lib qolishdi. Lekin ko'rdim. Ko'kga bo'yalgan eski darvoza ochilib bolakay ko'rindi. Uni uzoqdan tanidim, onasining yuzidan o'pib hayrlashdi va orqasidan bobosi ko'rindi. Beihtiyor tabassum qildim. Negaligini bilmayman, ammo hursand edim.
Ertasi kun ishdan ruhsat olib ertalabdan doktorga bordim. Tishimning og'rig'i miyamgacha chiqib kechasi uyqu bermadi. Boshqa yo'ldan yurdim va ularni tabiiyki uchratmadim.
Doktor 1 hafta ertalab qabulga kelishimni, tishga ukol qilib, holatini kuzatish kerakligini aytdi. Rozi bo'ldim. 1 hafta boshqa yo'ldan yurdim. Kelasi hafta Payshanba kundan sog'ayib doimgidek ishga shoshilarkanman, qo'shnimiz Adham aka mashina yo'lgacha tashlab qo'yishini aytdi. Asli begona qadrdonlarimni sog'inganman, shunday bo'lsada rad qilmay mashinaga o'tirdim. Bog'chani vaqti tugashiga mo'ljallab ishdan chiqdim. Bolakayga ko'zim tusharmikin deya izlardim. Uchratmadim... o'ychan ketar ekanman sira kutmagan manzaramga guvoh bo'ldim...
Darvozasi ko'kka bo'yalgan eski uyning eshiklari lang ochiq... erkaklar bosh ekkancha turardi. Qotib qoldim. Qo'shni  uyni sekin taqillatdim. - Assalomu aleykum holajon bu yerda nima bo'libdi, shu payt yaxshiroq gap eshitishni shunchalar hohlardimki... Abdurahmon tog'a irodasini topshirdi - dedi ayol hiyol yolg'on ko'z yoshi bilan.Keksa otaxonni aytyapsizmi ? - savolni berdimku lekin javobini eshitgim kelmasdi.-Hada, Yaxshi odam edi, boyaqish ancha keksayib qolgandida, Imronjonni bog'chaga olib ketyotib yuragi huruj qilibdi, oldida kattalar ham yo'q ekan bola bechora yig'lab uyiga chopib kelib onasini chaqiribdi. Naziraxon borganda joni uzilib bo'lgan ekan. - Ayol yana ko'p narsalar aytdi ammo qulog'imga kirmasdi...
- Hay qizim, sizga aytayapman boshqa yo'ldan yuraqoling, erkaklar ko'p.
- Ho'p - ovozimning qaltirashi o'zimga ham sezildi. Tomog'imga bir nima tiqildi. O'zim aybdor his qilardim, bir og'iz ham gapirmagan qari tanishimning endi yo'qligidan afsusda edim... Uyga kelganimda onam so'roqqa tutdi. O'zimni tutib turolmay yig'lab yubordim....

@shimol_hikoyalari
@hamiydim