Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoga kelgan har bir insonning umri vaqt ko‘rinishida to‘xto | 🫀

Dunyoga kelgan har bir insonning umri vaqt ko‘rinishida to‘xtovsiz o‘tib boradi. Bu dunyodan ketish muddati yetganda unga bo‘ysunib, dunyoni tashlab ketishdan o‘zga chora qolmaydi. Ketish vaqti esa bugunmi, ertami qachon kelishi insonga noma'lum. Deyarli har kuni "falonchi vafot etibdi", degan xabarni eshtamiz. Bir kun kelib biz haqimizda ham "falonchi vafot etibdi", deyiladi. O‘sha kunda odamlar "Falonchi nima qoldiribdi?", deyishsa, farishtalar "Falonchi nima olib kelibdi?", deyishadi.

O‘sha vaqtda esa dunyo bizdan bo‘shab qolgan, bizning esa oxiratimiz boshlangan bo‘ladi.

@Shifoyimsan_pg