Get Mystery Box with random crypto!

Turkiya kundaligi

Telegram kanalining logotibi sherzoddavlatov — Turkiya kundaligi T
Telegram kanalining logotibi sherzoddavlatov — Turkiya kundaligi
Kanal manzili: @sherzoddavlatov
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.26K
Kanalning ta’rifi

Turkiyaning Karabük Universiteti talabasi Sherzod Davlatovning shaxsiy kanali.
***
•Turkiyada ta'lim
•Kuzatuvlar
•Fikrlar
•Sayohat
•Turk tili onlayn kursilari
☎️Bog'lanish uchun: @sherdav_aloqa
Facebook: Sherzod Davlatov
instagram: sherzod__davlatov

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 17:18:19 Toplumsal sistemin bir tüm olarak işleyemeyen çeşitli iç yapıları ne kadar uğraşırsa uğraşsın, toplumun ataletinden kaçamazlar. (Tur Xander)
1.3K views14:18
Ochish/sharhlash
2022-08-14 10:29:37 Turk tili onlayn kursida qabul davom etmoqda. Kursda A1 darajadan(noldan) C1 darajagacha o'rganasiz. Darslar onlayn tarzida Zoom platformasida bo'lib o'tmoqda.

Kursga yozilish uchun @sherdav_aloqa manzilidan murojaat qilishingiz mumkin.
2.0K views07:29
Ochish/sharhlash
2022-08-13 12:53:17 #tashakkur

15 kun avval xorijga chiqish pasporti uchun ariza topshirgan edim. 10-12 ish kunida xabar qilamiz kelib olib ketasiz degan edi. Ishonmagandim bu vaqt ichida chiqishiga. Chunki 2015-2018 yillarda ish faoliyatim sabab o'sha yerga haftada ikki marta borib kelar edim.

O'nlab navbatlar, asabi buzuq va muomalasiz xodimlar, kunlab hujjatini topshirolmay yurganlar, tayyorlagan hujjatlari ham kunlab topshirilmay yirtilishni boshlardi. Qisqasi shu yerga ishim tushmasin-da deb ketiladigan joy edi.

11 ish kuni bo'lishi bilan telefon qilishib pasportingizni olib keting deyishdi. Borsam ikki kishi navbatda ekan. Ikki daqiqaga qolmay menga navbat keldi. Imzoni qo'ydim, barmoq izini takrordan bosdim va pasport qo'limda.

Aynan o'sha yerdagi tizimda juda-juda katta farq sezildi. Xodimlari ham xushmuomala. Tashakkurnoma quttisi topolmadim. Bo'lsa yozib kelardim. Tashakkurimni shu yerda qoldiray dedim.
1.9K viewsedited  09:53
Ochish/sharhlash
2022-08-13 09:00:42
Elektromobil so'zi qulog'imizga begona emas, elektrobus-chi?

Turkiya to'laligicha elektr toki bilan harakatlanadigan avtobus ishlab chiqdi. Uzunli 18 metrlik bo'lgan bu bo'g'inli eletrobus nomi milliylikni aks ettirishi uchun "Elbüs" deb nomlanibdi. Ayni kunlarda esa Turkiyaning Elazig' viloyatida xalq xizmatiga qo'yilgan.

Turkiya bir yilcha oldin TOGG nomli elektromobillar ichlab chiqqanini e'lon qilgan edi.
1.5K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2022-08-13 08:21:50 Turkiyada bakalavr darajasida ta’lim olishni istaganlar uchun quyidagi xizmatni taklif qilaman.

Turkiyaning Karabuk universitetida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahsil olishingiz mumkin. Talaba bo’lish uchun imtihon topshirib yurmaysiz. Xizmatlar uchun ma’lum to’lovlar asosida talaba bo’lishingiz mumkin.
Quyidagi yo’nalishlarning yillik shartnoma to’lovi(kontrakt) 300 dollardan 900 dollargacha. Quyida keltirilgan yo’nalishlar barchasi 4 yillik yo’nalishlardir va diplomi O’zbekistonda qabul qilinadi.

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi yo’nalishlarni diqqat bilan o’qib chiqing va @sherdav_aloqa manzilidan qaysi yo’nalishda o’qimoqchiligizni yozib yuboring. @sherdav_aloqa manzilidan xizmat narxlari va boshqa ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Eslatma: quyidagi yo’nalishlardan boshqa yo’nalishlarga joylash xizmati mavzjud emas.


Muhandislik fakulteti:
• Kompyuter muhandisligi yo’nalishi(Ta’lim tili 30 foiz ingliz tili, 70 foiz turk tili)
• Kompyuter muhandisligi yo’nalishi(Ta’lim tili 100 foiz ingliz tili)
• Atrof-muhit muhandisligi yo’nalishi. Bu yo’nalishga tushuntirish: Bu soha vakillari mamlakat tabiiy boyliklarning to’g’ri shaklda foydalanilishi, ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarini inson salomatligiga va tabiat muvozanatiga zarar bermaydigan shaklda rejalashtirish, faoliyatlarni boshqarish.
• Elektr va elektronika muhandisligi yo’nalishi(Ta’lim tili faqat 30 foiz va 100 foiz ingliz tilida)
• Sanoat muhandisligi yo’nalishi
• Qurilish muhandisligi
• Mashinasozlik yo’nalishi(Ta’lim tili faqat 30 foiz va 100 foiz ingliz tilida)
• Mexatronika muhandisligi yo’nalishi
• Metallurgiya va materiallar muhandisligi yo’nalishi(Ta’lim tili 100 foiz ingliz tilida)
• Metallurgiya va materiallar muhandisligi yo’nalishi(Ta’lim tili 100 foiz turk tilida)
• Avtomobilsozlik yo’nalishi – 1 (Ta’lim tili 70 foiz turk tilida, 30 foiz ingliz tilida)
• Avtomobilsozlik yo’nalishi – 2 (Ta’lim tili 100 foiz ingliz tilida
• Temir yo’llar muhandisligi yo’nalishi – 1 (Ta’lim tili 100 foiz ingliz tili)
• Temir yo’llar muhandisligi yo’nalishi – 2 (Ta’lim tili 100 foiz turk tili)

Menejment/Biznes fakulteti:
• Aktuary va risklarni boshqarish yo’nalishi
• Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama yo’nalishi
• Menejment/Biznes yo’nalishi

Aloqa fakulteti:
• Radio, televideniya va kino
• Jurnalistika

Texnika fakulteti:
• Mexatronika muhandisligi
• Energiya tizimlari muhandisligi
• Ishlab chiqarish muhandisli

Tibbiyot fanlari fakulteti:
• Bola rivojlanishi yo’nalishi
• Akusherlik yo’nalishi
• Fizioterapiya va reabilitatsiya yo’nalishi
• Hamshiralik yo’nalishi

Turizm fakulteti:
• Turizm menejmenti
• Gastronomiya va oshpazlik san’ati

İslomiy fanlar(İlahiyat) fakulteti:
• İslomiy fanlar(İlahiyat) yo'nalishi

Adabiyot fakulteti:
• Arxeologiya yo'nalishi
• Geografiya yo'nalishi
• Falsafa yo'nalishi
• İngliz tili va adabiyoti yo'nalishi
• San'at tarixi yo'nalishi
• Sotsiologiya yo'nalishi
• Tarix yo'nalishi
• Turk tili va adabiyoti yo'nalishi

Me’morlik fakulteti:
• Me’morlik yo'nalishi

İqtisodiy va ma'muriy fanlar fakulteti:
• İqtisod yo'nalishi
• Siyosat fanlari va davlat boshqaruvi yo'nalishi
• İjtimoiy xizmatlar yo'nalishi
• Xalqaro aloqalar yo'nalishi

@sherzoddavlatov
1.2K viewsedited  05:21
Ochish/sharhlash
2022-08-12 22:16:24 Haqiqatda yashash(!) va "kayf" qilib yashash tushunchalari nimani anglatadi siz uchun?

Bizda inson o'zini yaxshi, baxtli his qilib va asablar har ikki kundi birida bosimga uchramasdan sokin yaxshash — "kayf" qilib yashash sifatida ko'riladi. Oxirgi vaqtlarda shunga amin bo'layapman.

Qisqa qilib aytganda, sen o'zing xohlagandek va yaxshi yashayotgan bo'lsang kayf qilayapsan degani. Va bu hayot tarzi esa "noto'g'ri" sifatida ko'riladi. Chunki, rejaga ko'ra sen qiynalmasang, chang yutmasang, har oyda bir bittasi bilan tortishmasang, uyga bir burda nonni(qiynalmasdan topib kelish imkoni turganda) qiynalib topib kelmasang, ishxonangda muammolarga uchrab-u, u muammolarni qahramonlarcha hal qilib kelmasang, kunda kamida 9 soat ishlamayotgan bo'lsang — bu sen kayf qilib yashayapsan va noto'g'ri yo'ldasan, degani.

İshonavering! Biz qiynalsak rohatlanamiz. Qiynalsakgina hayotimizda mazmun his qilamiz. Hayotimizda mazmun his qilish uchun illoki qiynalishimiz kerak. Chunki, falsafani ham shu qiyinchilikdan qidiramiz, tajribani ham shu qiyinchilik degan narsadan qidiramiz.

Qiynalmasak xuddiki dangasamiz, mazmunsiz hayot yashayotgan shaxsmiz, noto'g'ri yo'ldamiz. Bilasizmi bu nimaga o'xshaydi, xuddi irodasini va chidamliligini o'lchash va boshqa narsa qolib irodasini o'lchash uchun narkotik qabul qilishni atayin to'xtatadigan narkoman kabi. Shunchaki sharoitimizni yaxshilab, hayotimizni osonlashtirib qiyinchiliksiz yashashdan bahra olish o'rniga, qiyinchiliklar daryosiga sho'ng'ib maza qilishni afzal ko'radigandekmiz.
1.0K viewsedited  19:16
Ochish/sharhlash