Get Mystery Box with random crypto!

Antiradarlar viloyatlarga qatnaydigan taksilarni jon orosiga a | Turkiya kundaligi

Antiradarlar viloyatlarga qatnaydigan taksilarni jon orosiga aylanibdi. Ancha takomillashibdi. Oldin ruschada chiyillab yotardi. Dasturchilarni qo'li dard ko'rmasin, o'zbekcha gapiradigan qilishibdi.

Bitta funksiyasiga qoyil qoldim lekin. Blok-postga yaqinlashganda "Postga yaqinlashyapmiz xavfsizlik kamarlarini taqib oling!" deydi... An-niq, buni biror o'zbek biror taksichini yoniga olvolib kodlab chiqqan. Kamarni mashinaga minib harakatlanganda emas, blok-postga yaqinlashganda taqing deyapti.

Antiradarlar ham o'zimizdan ekan-da.