Get Mystery Box with random crypto!

Ne kerag qabrimga Baxtliy qiling baxtlar qushib baxtimga, K | ❤Dilga Yaqin MisralaR❤

Ne kerag qabrimga


Baxtliy qiling baxtlar qushib baxtimga,
Kerak emas ortiq dard qo‘shmoq dardimga.
Tirikligimda yuqlab yeting qadrimga,
O'lganimda ne kerak gullar qabrimga.

Mayli eslamang meni har soat har on,
Oyda bir yuqlab buling dardimga darmon.
Axir ģanimatku har bir tirik jon,
Balkim qolmas mendan ertaga nishon,
Bilmay ozor berdiz gohi dilimga,
O'lganimda ne kerak gullar qabrimga.

Kerak emas tinmayin qilgan ginangiz,
Berib bermay yordamni minnat qilmang siz.
Kulib yursam dersiz shu eng baxtli qiz,
Kup ham ishonavermang mening sabrimga,
O'lganimda ne kerak gullar qabrimga.

Mayli yuqlab kelmang qiling qungirok,
Qolmasin yurakda dardu g‘am og‘riq.
Yaxshi nom qoldirmoq bu bizga bog‘liq,
Ikki misra she'rim yozib bag‘rimga,
Yig‘lasangiz yig‘lang faqat qadrimga,
O'lganimda ne kerak gullar qabrimga.


Razoqberdieva Munisa

#Munis

2021.... 29... 07.

@sherlarolami9012