Get Mystery Box with random crypto!

Bolaligimda... Qo'llarimni ko'ylagimning ichiga tiqib olib, | ●•°Sherlarimdan parcha°•●

Bolaligimda...

Qo'llarimni ko'ylagimning ichiga tiqib olib, "qo'llarim qani ?" derdim.

Video o'yinda yutqazishni boshlasam, har safar boshidan boshlardim .

4 xil rangda yozadigan ruchkam bo'lardi, 4 ta rangini bittada bosib chiqarmoqchi bo'lardim .

Biror kishini qo'rqitmoqchi bo'lib, eshik orqasida berkinib turardim. Uzoooq kutib qolsam, chiqavermasa, hafsalam pir bo'lib, ketib qolardim .

Ko'tarib joyimga yotqizib qo'yishlari uchun o'zimni uxlaganga solib yotardim .

Oymomo mashinamizning orqasidan kelyapti deb o'ylardim.

Chiroqni yoqish/o'chirish tugmasini muvozanatga keltirmoqchi bo'lardim .

Deraza oynasidan dumalayotgan yomg'ir tomchilarini tomosha qilib turib, ular poyga o'ynashyapti, deb tasavvur qilardim.

Faqat maktab sumkamning tashvishini qilardim .

Meva urug'ini yutib yuborsam, endi qornimda meva o'sib chiqadi va men o'lib qolaman, deb qo'rqardim .

Muzlatgichning chirog'i qachon o'chishini aniqlamoqchi bo'lib , eshigini judayam sekiiiin yopib ko'rardim .

Xonaga kirib, nimaga kirganim esimdan chiqib qolardi . Keyin yana tashqariga chiqib, esimga tushganidan keyin kirardim .

Esingizdami, bolaligimizda katta bo'lishni orziqib kutardik? Endi esa hattoki qachon va nima sababdan ulg'ayib qolganimizni ham bilmaymiz...
@sherlarimdan_parcha