Get Mystery Box with random crypto!

MENSIZLIK YOQYABDIMI? Meni eslab koʻzingdan, Goh yoshlar oqya | Sevgi She'rlari

MENSIZLIK YOQYABDIMI?

Meni eslab koʻzingdan,
Goh yoshlar oqyabdimi.
Yo eshitay oʻzingdan
Mensizlik yoqyabdimi?

Chap koʻksimda urgan qiz,
Meni sevib yurgan qiz.
Endi yuzin burgan qiz,
Mensizlik yoqyabdimi?

Aldamchilar a’losi,
Boylikning mubtalosi.
Muhabbatim balosi,
Mensizlik yoqyabdimi?

Sen kelinchak pariroʻy,
Koʻnglim yoqib boʻldi toʻy.
Baxtliman deb aldab qoʻy,
Mensizlik yoqyabdimi?

Sogʻinsa yurak degan,
Sezdirmay ogʻrir ekan.
Sensizlik ogʻir ekan,
Mensizlik yoqyabdimi?

Ajralishdik boʻldi oy,
Koʻnikkansan xoynaxoy.
Oʻzga yor, oʻzga saroy,
Mensizlik yoqyabdimi?

Atirgulim tikonim,
Ushlashga yoʻq imkonim.
Eslasam kuyar jonim,
(Shiringina armonim,)
Mensizlik yoqyabdimi.


Odilbek Qodirov

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj