Get Mystery Box with random crypto!

Suratda jannatim onajonim bilan birgamiz Onajonlarimiz baxtim | Sevgi She'rlari

Suratda jannatim onajonim bilan birgamiz
Onajonlarimiz baxtimizga sogʻ va salomat boʻlishsin.


"ONAM"

Sinovli dunyoda qoqilib yiqildim ba'zan
Ishlarim yurishmay qolganda hech ham
Yaqin doʻstlarim ham ketganda mendan
Jonim bolam deya yonimda onam

Ozor cheksam agarda uyqusi qochgan
Bemor boʻlsam qoshimda parvona boʻlgan
Yaxshiman onajon desam jilmayib
Kun-u tun hotirjam mehribon onam

Onam, onajonim rayhonim onam
Qaynoq mehrlisiz hamma hammadan
Onam, onajonim yulduzim onam
Oʻgʻlingizman faxr ila yurarman har dam

Ishimdan sababsiz kech qolib ketsam
Uxlolmasdan yoʻlimga parvona boʻlgan
Issiq nonu, nonushtalar tayyorlab qoʻyib
Oʻzi yemay kutgan yolgʻizim onam

Xato qilsam toʻgʻri yoʻlga boshlagan
Quvonsam oʻzimdan koʻproq quvongan
Mendan koʻp yutuqlar kutib oʻtirgan
Jannat gullaridek iforli onam

Onam, onajonim rayhonim onam
Qaynoq mehrlisiz hamma hammadan
Onam, onajonim yulduzim onam
Oʻgʻlingizman faxr ila yurarman har dam


Dilmurod Salom

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj