Get Mystery Box with random crypto!

Seni yaxshiyam topdim.... Quvonch qo‘shding jonimga, Zo‘r yar | Sevgi She'rlari

Seni yaxshiyam topdim....

Quvonch qo‘shding jonimga,
Zo‘r yarashding yonimga,
Shukur har bir onimga,
Sen sevgilim,
Sen baxtim,
Seni yaxshiyam topdim....

Oshiqlarga armonim,
Qora qoshi kamonim,
Yomonlardan yomonim,
Sen sevgilim,
Sen baxtim,
Seni yaxshiyam topdim....

Dardim o‘zing dorim ham,
Yo‘g‘im o‘zing borim ham,
Zo‘rim o‘zing zorim ham,
Sen sevgilim,
Sen baxtim,
Seni yaxshiyam topdim....

Kuttirasan gohida,
Isming yurak ohida,
Joying dil dargohida,
Sen sevgilim,
Sen baxtim,
Seni yaxshiyam topdim....

Hajringda zoring bo‘lay,
Dunyoda boring bo‘lay,
Yo‘q dema yoring bo‘lay,
Sen sevgilim,
Sen baxtim,
Seni yaxshiyam topdim....

Havas qilsin dunyosi,
Yo‘qdir ishqim qiyosi,
O‘rasin baxt ziyosi,
Sen sevgilim,
Sen baxtim,
Seni yaxshiyam topdim....

Zohid Ziyo

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj