Get Mystery Box with random crypto!

ARAZCHIM! Qovog‘ingni uyasan, Rashk o‘tida kuyasan, Kuyib tur | Sevgi She'rlari

ARAZCHIM!

Qovog‘ingni uyasan,
Rashk o‘tida kuyasan,
Kuyib turib sevasan,
Arazchima, arazchim.

Lablaring bo‘lib g‘uncha,
Azob berasan shuncha,
Alamingdan chiqquncha,
Arazchima, arazchim.

Yaqin borsam qochasan,
Zaxringni yor sochasan,
Qachon bir dil ochasan,
Arazchima, arazchim.

Ey qoshlari kamonim,
Sevginga yo‘q gumonim,
Yaqinroq kel yomonim,
Arazchimey, arazchim.

Yosh boladay o‘kinib,
Dil choklaring so‘kilib,
Oq tutlardek to‘kilib,
Arazlama, arazchim.

Ko‘zingdagi yosh qani,
Jonimni olsin mani,
Suysam agar boshqani,
Arazchimey, arazchim.

Kel endi bag‘rim to‘ldir,
Bo‘lmaganni bir bo‘ldir,
Bir bo‘sa berib o‘ldir,
Arazchimey, arazchim.

Kamroning unday emas,
Xar gul ham senday emas,
Sevganlar menday emas,
Arazchimey, arazchim.

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj