Get Mystery Box with random crypto!

Xohlasang ketaver ! Xohlamasang qol ! Ammo, avvalgidek bo´lmay | Sevgi She'rlari

Xohlasang ketaver !
Xohlamasang qol !
Ammo, avvalgidek bo´lmaydi bari .
Olis - olisdagi ,
endi ehtimol ,
Shu yerda tugaydi baxtning safari .

Xar bir hikoyaning , nihoyasi bor !
Zulmat bo´lsa tunlar , yorishadi kun .
Va bugun hammasin qilgancha oshkor ,
Bizning hikoyamiz topmoqda yakun .

Endi uzrlarning bari foydasiz ,
Endi sensizlikga o´rgandi yurak .
Ey ko´zlari moviy !
Tannoz , suluv qiz ,
Sen ham mensizlikka ko´nmog´ing kerak !

Nachora , bu - taqdir !
Demak , bu - qismat ,
Alloh bizga bitgan shudir peshona .
Shundaydir bu dunyo !
Yig´lama faqat ,
Bu hayot ishlari telba , devona .

Shuncha alamlarni yashadik yutub ,
Endi begonamiz !
Mutloq notanish !
O´tgan kunlarni hech bo´lmas unutib ,
Hayot davom etadi !
Qaytmaydi o´tmish !

Xohlasang ketaver !
Xohlamasang qol !


Muallif : Sardor Yo´ldosh

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj