Get Mystery Box with random crypto!

OYNURAM Asal bolli soʻzlari. Qopqoradir koʻzlari, Oydan toʻ | Sevgi She'rlari

OYNURAM

Asal bolli soʻzlari.
Qopqoradir koʻzlari,
Oydan toʻliq yuzlari,
Jonim meni Oynuram

Ibo nozli pardalar,
Salga qilar zardalar,
Yurak seni deb urar,
Jonim meni Oynuram

Zulfing silar yanogʻing,
Buncha nozik dimogʻing,
Oʻzim oq otli yoring,
Jonim meni Oynuram

Araz qilma arazchim,
Seni mendek sevar kim,
Savol bersam turma jim,
Jonim meni Oynuram.

Shabnam gulning yoshidir,
Sevgi oshiq oshidir,
Senga hayol shoshadur,
Jonim meni Oynuram

Dardlarimga sen malham,
Rad etma qilar alam,
Sen jufti halolim boʻl,
Jonim meni Oynuram.

Asal bolli soʻzlari.
Qopqoradir koʻzlari,
Oydan toʻliq yuzlari,
Jonim meni Oynuram

Shokir Sulton

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj