Get Mystery Box with random crypto!

NODIRA Maftunkor koʻzlaring jonimga yoqar, Shakar, bol soʻzl | Sevgi She'rlari

NODIRA

Maftunkor koʻzlaring jonimga yoqar,
Shakar, bol soʻzlaring jonimga yoqar,
Husningga koʻkda oy hayrona boqar,
Hislarim shabnamdek toza, bokira,
Men seni jonimdan sevdim Nodira.

Dunyolar yorishar jilmaysang, kulsang,
Bir umr baxtliman bir nazar qilsang,
Men seni shunchalar sevaman bilsang,
Sen nozik gulgʻuncha xushroʻy, oqila,
Men seni jonimdan sevdim Nodira.

Tunlarim bedordir dil ohim bilan,
Yashayman ishq degan hamrohim bilan,
Yuzlaring silayman nigohim bilan,
Sensiz qaysar koʻnglim toʻlmaydi sira,
Men seni jonimdan sevdim Nodira.

Qalbimda armonlar suroni tingan,
Koʻksimda ismingdan muhabbat ungan,
Sen nursan umrimni nurafshon qilgan,
Sen mening qalbimda shirin xotira,
Men seni jonimdan sevdim Nodira.


Xurshid Karim

T.me/Sherlari_Sevgi