Get Mystery Box with random crypto!

Assalom Azizlarim, mehribonlarim! Shirin soʻz lutfida, gavhar | Sevgi She'rlari

Assalom Azizlarim, mehribonlarim!
Shirin soʻz lutfida, gavhar konlarim!
Musaffo tongingiz boʻlsin muborak!
Koʻngli bogʻ, mehri togʻ, jona jonlarim!

Tilagim tillodan boʻlsin taxtingiz!
Hamisha, hamma vaqt kulsin baxtingiz!
Oila..atalgan nurli qoʻrgʻonda,
Porlasin hamisha hayot shamingiz!

Farzandlar kamolin koʻrib yashangiz!
Yoringiz jamolin koʻrib yashnangiz!
Uyingiz toʻrini nurga toʻldirgan,
Uzoq umr koʻrsin Ota-Onangiz!

Tandir-oʻchoqlarda olov soʻnmasin!
Deraza oynasi qirov boʻlmasin!
Mehmonga mezbonlik qiling hamisha,
Xontaxta ustiga gʻubor qoʻnmasin.

Yuz bilan yuzlashib sevinib yashang!
Muhabbat koʻshkida sevilib yashang!
Togʻlardan balandlab yigʻib savoblar,
Jannat iforiga koʻmilib yashang.


Shanba tongi muborak boʻlsin!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj