Get Mystery Box with random crypto!

TAQDIR SIZNI UCHRATMAGANDA... Sevmasmidim balkim o'sha kun, B | Sevgi She'rlari

TAQDIR SIZNI UCHRATMAGANDA...

Sevmasmidim balkim o'sha kun,
Bedor o'tmas balkim qaro tun,
Hayolotda suzmasdim bugun,
Taqdir sizni uchratmaganda...

Bosmasmidi balkim hayajon,
Tirikmanmi yoki chalajon,
Yurar edim bo'lib bolajon,
Taqdir sizni uchratmaganda...

Kezmasmidim ishqning bog'ida,
Kuymasmidim yorning dog‘ida,
Ilk ko‘klamning sahar chog'ida,
Taqdir sizni uchratmaganda...

Entikmasdi bunchalar yurak,
Taqmas edim quloqqa zirak,
O‘zga qo'lni tutmasdi bilak,
Taqdir sizni uchratmaganda...

Kutmasmidim sizni intizor,
Firoqizda yonmasdim zor-zor,
Qolmas edim muallaq, nochor,
Taqdir sizni uchratmaganda...

Ishq neligin bilmay o‘tardim,
Qalb pardasin asta ko‘tardim,
Sevgi bo'lib qolmasdi dardim,
Taqdir sizni uchratmaganda...

Toq o‘tardi balkim Durdona,
Kezmas edi bog‘ni giryona,
Bo'lmas edi g'arib, devona,
Taqdir sizni uchratmaganda...

06.07.2022y FARGʻONA
DURDONA OLIMZODA

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj