Get Mystery Box with random crypto!

Kulib kulib aqlim oldingiz. Yuragimga olov soldingiz. Menga ju | Sevgi She'rlari

Kulib kulib aqlim oldingiz.
Yuragimga olov soldingiz.
Menga juda yoqib qoldingiz.
Sevib qolsam maylimi sizni?.

Doim sizni suraman hayol.
O'z o'zimga o'zim hayron lol.
Sizga beray g'alati savol.
Sevib qolsam maylimi sizni?.

Yomon qiz deb saylasangiz ham.
O'zdan judo aylasangiz ham.
Be'hayo deb o'ylasangiz ham.
Sevib qolsam maylimi sizni?.

Ko'zim sizni ko'rayaptida.
So'zim tinmay so'rayaptida.
Yurak siz deb urayaptida.
Sevib qolsam maylimi sizni?.

Osmondagi oyning yuziman.
Ohularning shahlo ko'ziman.
Bir onaning erka qiziman.
Sevib qolsam maylimi sizni?.

Muallif: Komila Qiz.


T.me/Sherlari_Sevgi