Get Mystery Box with random crypto!

Tongda omon ochildi koʻzim. Robbim senga qul boʻlay oʻzim. Til | Sevgi She'rlari

Tongda omon ochildi koʻzim.
Robbim senga qul boʻlay oʻzim.
Tilimda bor bir aytar soʻzim.
SUBXANALLOX ALXAMDULILLAX.

Ikki koʻzda dunyoni koʻrsam.
Oʻynab kulib sogʻ omon yursam.
Tiriklarning safida tursam.
SUBXANALLOX ALXAMDULILLAX.

Neʼmatlaring bisyordan bisyor.
Shukrin qilay tortibon xushyor.
Aytadurman takror va takror.
SUBXANALLOX ALXAMDULILLAX.

Kechirgin men gunoxkor banda.
Maxshar kuni etma sharmanda.
Shu soʻzimni qilmayman kanda.
SUBXANALLOX ALXAMDULILLAX.

Nogox bergan dardlaringa xam.
Quvonchinga baxtlaringa xam.
Xar nafasda xar onu xar dam.
SUBXANALLOX ALXAMDULILLAX

Senikidir butun bir olam.
Bu olamda yaraldi odam.
Shul soʻzlarda cheksiz maʼno jam.
SUBXANALLOX ALXAMDULILLAX...

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj